Genezis – yunon. genesis- kelib chiqish; paydo bo’lish, tashkil topish jarayoni.
Gildiya tizimi – (nem. korporatsiya) elitalarni shakllantirish tizimlaridan biri.
Unga 1) yeriklik, yuqori lavozimlarga elitaning quyi qatlamlaridan nomzod tanlash,
yuqoriga siljishning pog’onaviyligi; 2) lavozimlarni egallash uchun ko’plab rasmiy
shartlarning mavjudligi; 3) tanlovni alohida imtiyozli kichik guruh amalga oshirishi;
4) mavjud yetakchi tipini tiklashga, yaratishga, saqlab qolishga harakat qilinishi
singarilar xos.
Gipotetik – faraz qilingan, taxmin qilingan.
Global – fran. global-umumiy); umuman olganda, butun yer yuzi bo’ylab.
Gumanizm (insonparvarlik) – tenglik, adolat, o’zaro hurmat, inson qadrini
ardoqlash, odamlar farovonligi uchun g’amxo’rlik qilish g’oyalari singdirilgan
dunyoqarash.
Guruh – manfaatlar, qarashlar, kasbiy, faoliyat tarzi bo’yicha birlik va umumiylik
kasb etgan shaxslar yig’indisi, birlashmasi.
Hamkorlik siyosati – xalqaro siyosat subyektlarining birgalikdagi siyosiy
harakatlarda vujudga keladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab
chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko’ra tomonlar o’z
faoliyatining asosiy yo’nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar
mos tushuvchi amaliy masalalarda birgalikda faoliyat ko’rsatadilar. Masalan,
gitlerchi Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi.
Harakat – ma’lum maqsadlarga erishishga yo’nalgan ijtimoy-siyosiy faoliyat;
birlashma, tashkilot.
Huquq – davlat qonunlari bilan beriladigan erkinlik, harakat qilish
imkoniyati, nimanidir amalga oshirish yoki nimadandir foydalanish, nimagadir
egalik qilish; jamiyatdagi munosabatlarni, kishilar va ularning harakati va xulqini
muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat organlarini yashashini ta’minlashga imkoniyat
berish maqsadlarida davlat tomonidan o’rnatilgan va himoya qilinadigan umum
majburiy ijtimoiy me’yorlar va qoidalar.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |