Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Empirizm – yunon. emperia-tajriba; tajribani bilishning birdan-bir vositasi, deb tan  oluvchi ta’limot.  Erkinlashtirish –


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Empirizm – yunon. emperia-tajriba; tajribani bilishning birdan-bir vositasi, deb tan 
oluvchi ta’limot. 
Erkinlashtirish – mamlakatning demokratik jamiyatga o’tish va islohotlar 
o’tkazish jarayonida mavjud bo’ladigan turli to’siqlar, cheklashlar va yon berishga 
majbur etadigan omillardan qutilishga qaratilgan amaliy faoliyatdir. U demokratik 
jarayonlarning samarali rivojiga yangi kuch, quvvat va ilhom bag’ishlash 
imkoniyatini yaratadi. 
Erkinlik – insonga qonun bilan ruxsat etilganu yoki bu harakatni amalga 
oshirishi va hayot uchun zarur bo‘lgan ne’matlardan foydalanishda ijtimoiy 
to’siqlarning bo‘lmasligi tushuniladi. 
Etnos  – yun. ethnos - xalq, qabila, to’da, kishilar guruhi, irq ma’nolarni anglatadi. 
Evolyutsiya (lotin tilidan tarjimasi – boshlash, vujudga kelish) – tizimning 
rivojlanish jarayonini anglatadigan tushuncha bo’lib, birinchi galda jamiyatga 
xosdir. Unga ko’ra, jamiyatda asta-sekin yuz berayotgan o’zgarishlar tizimga, uning 
tuzilmalari tashkil qilinishi va funksiyalari sifatli o’zgarishiga olib keladi. 
Faol (aktiv) saylov huquqi – fuqaroning saylanadigan davlat organlari va 
mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlariga saylash huquqi. 
Feminizm – lot. femina-ayol; erkaklar bilan ayollar huquqlarini tenglashtirish 
uchun faoliyat yuritadigan ayollar harakati. 
Fikr erkinligi – bu jamiyat a’zosi bo’lgan har bir shaxs tabiiy va ijtimoiy 
jarayonlarga, fuqarolar bilan siyosiy tashkilotlarga va milliy, irqiy, diniy, sinfiy 
munosabatlarga ega bo’lgan mustaqil fikrlarini huquqiy, siyosiy diniy va boshqa 
muassasalar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan turli tazyiqlardan muhofaza 
qiladigan ijtimoiy muhit.
Fikr qaramligi, tafakkur qulligi – kishilar fikri, tafakkuri ustidan muayyan 
g’oyalarning hukmron mavqega egaligini, insonning sodir bo’layotgan voqealarni 
mustaqil baholash imkoniyatidan mahrum bo’lganini ifodalovchi tushuncha.


132 
Fiskal – ingl. fiscal policy; lot. fiscus - savat;kassa, kazna, moliya, soliq-byudjet 
siyosati hukumat siyosati, yaыin istiqbolda barqaror iqtisodiy tizimni ta’minlash va 
biznes-sikllarni tebranishini kamaytirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga aralashuv 
usullaridan biri; fiskal siyosatining asosiy quroli davlat byudjetining daromadlari va 
harajatlari, ya’ni: soliqlar, transfertlar va davlat sotib olgan tovarlar va xizmatlar. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling