Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Davlat tassarrufidan chiqarish


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Davlat tassarrufidan chiqarish – davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat 
mulk shakllarining vujudga keltirilishi. 
Daxldorlik hissi – fuqarolarning tug’ilgan joyi, ona Vatani, mustaqillikni 
anglash, uni asrab-avaylash, himoya qilish, uni yanada rivojlantirishga 
chorlaydigan, shart-sharoit, omillar majmui. 
Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni 
shakllantiruvchi demokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari 
hisoblanadi. Demokratik institutlar - jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror 
topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi.
Demokratik kuchlar bloki – parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etish 
maqsadida o’z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib 
chiqqan holda bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O’zbekiston ekologik 
harakatidan saylangan deputatlar o’z sa’y-harakatlarini birlashtirishi. 
Demokratiya – (yunoncha, “demos” – xalq, “kratos” – hokimiyat) – xalq 
hokimiyati ma’nosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy 
tizimni shakli. Demokratiya insonni har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun 
berilgan imkon bo’lib, davlat konstitutsiyasida ozchilikning ko’pchilikka 
bo’ysunishi tamoyili rasmiy e’lon qilindi, hamda fuqarolarning erkinligi teng 
huquqligi e’tirof etildi. Demokratiya har bir davrning ijtimoiy – iqtisodiy 
sharoitlariga mos shakllanib, rivojlanib boruvchi chegarasiz tabiiy – tarixiy 
jarayondir.
Desentralizatsiyanomarkazlashtirish; markaziy hokimiyat organlari 
vakolatlarining bir qismini mahalliy hokimiyat organlari, o’zini o’zi boshqarish 
organlari va nodavlat tashkilotlarga berish; markazlashuvni bo’shashtirish yoki 
bekor qilish, tugatish.
Diaspora – yun. diaspora -tarqalish ma’nosida bo’lib, ma’lum bir davlat hududida 
yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o’z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat 
vakillarining yig’indisi (masalan O’zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi). 


130 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling