Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Axborot sohasini liberallashtirish


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Axborot sohasini liberallashtirish – (liberalis lotinchadan erkinlikka 
taalluqli) OAV huquq va erkinliklarini kengayish jarayoni, shuningdek ularning 
faoliyatidagi cheklovlarini olib tashlash va davlat nazoratini susaytirish. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – axborot foydalanuvchilari 
manfaatida uni yig’ish, ishlash, saqlash, tarqatish, aks etish va foydalanish 
maqsadida integrallashgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlar va dasturiy-
texnikaviy vositalar majmui.
Bill – ingl. Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa davlatlarda qonun chiqaruvchi 
tashkilot e’tiboriga havola qilinuvchi qonun loyihasi. 
Bipartizm – ijtimoiy sheriklikning ikki subyekti o’rtasidagi kelishuv 
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) 
o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir. 
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi 
qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni 
va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bundesrat – nem. GFRda yerlar palatasi. Germaniya Yerlari hukumatlarining 
uchdan beshtagacha vakillaridan iborat. Bundestag – nem. GFR parlamenti. 1949 
yilda tashkil etilgan. Aralash saylov tizimida 4 yillik muddatga saylanadi. 
Bunyodkor g’oya – jamiyatni taraqqiyot sari yetaklovchi, turli guruh va 
qatlamlarni, millatlarni ezgu maqsad yo’lida birgalikda harakat qilishga 
undovchi, amalga oshirishning real asoslari bo’lgan g’oya. 
Davlat – muayyan hududda jamiyat va uning siyosiy tizimini tashkil etish 
usuli, hokimiyatning markaziy instituti, jamiyatning siyosiy tashkiloti bo’lib, 
ma’lum bir hudud va unda yashovchi xalqlarni o’z ichiga oladi. Jamiyatni 
boshqaruvga tizim sifatida Davlat ichki tizimga o’z vakolatlarini amalga oshirish 


129 
uchun maxsus organlarga ega. Davlat odamlar va jamoat guruhlarining faoliyati 
hamda munosabatlarini tashkil etadi, ularni yo’naltiradi va nazorat qiladi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling