Fuqarolik jamiyati
Download 91.24 Kb.
|
Singapur misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- FUQAROLIK JAMIYATI
- Korrupsiya haqida faktlar
- O‘zbekiston Singapurning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasiga qiziqmoqda
- Singapur tajribasi
- 1965 yil mustaqillikka erishgan davrga qadar Singapur zamonaviy
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MASUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Ikkinchi oliy ta’lim “Boshlangish ta’lim va sport tarbiyaviy ish” yo’nalishi 3-bosqich 303-guruh talabasining “FUQAROLIK JAMIYATI” fanidan “Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Singapur davlati misolida” mavzusiga tayyorlagan Mustaqil ishi Bajardi: Yusupova D.A. Tekshirdi: O’tanov X. Toshkent 2019-2020 o’quv yili Korrupsiya muammosi va unga qarshi kurash to‘g‘risida hammamiz eshitganmiz va eshitib kelmoqdamiz. Korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir. Bu illatning keng quloch yoyishi o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Korrupsiya xususan, demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi, iqtisodiy rivojlanishning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘ladi. Poraxo‘rlikka qarshi har bir davlat o‘z holicha kurashib keladi va qaysidir davlatda korrupsiyaga deyarli barham berilgan bo‘lsa, yana qayerdadir bu illat «gullab-yashnash»da davom etadi. O‘zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga, 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentabr) qo‘shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan. O‘zbekistonda 2017 yilning 4 yanvaridan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Qonunga ko‘ra, respublikada Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi. Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, OAV va fuqarolar korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etilgan. Pora olganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ushbu jinoyat og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi. Pora berish jinoyati uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo tayinlanadi. Pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun esa eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo belgilangan. Vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Albatta, bir davlat hududida qo‘llanilgan chora va qabul qilingan qonunchilik boshqa davlatda ham xuddi ana shunday samara keltirmasligi mumkin. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun birgina qonun hujjatlarining qabul qilinishi yetarli emas. Buning uchun fuqarolik jamiyati ham mazkur ishda faol ishtirok etishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kuchaytirilishi, sudlarning mustaqil va xolis bo‘lishini ta'minlash, qonunlar parlament a'zolarining emas, balki mamlakat manfaatidan kelib chiqib qabul qilinishi, barcha davlat organlarida shaffoflik ta'minlanishi, ommaviy axborot vositalarining faol ishtiroki, ma'muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish uchun xizmatlar imkon boricha elektron tizim orqali ko‘rsatilishi, sog‘lom raqobat muhiti shakllantirilishi kerak bo‘ladi.
Tarixchi Gerodotning yozishicha, eramizdan avvalgi VI asrda hukmdorlik qilgan Eron shohi Kambiz Sizam ismli qozini pora olgani uchun terisini shilib olishni va u o‘tirgan qozilik kursisini o‘sha teri bilan qoplashni buyurgan. Qozilik lavozimiga esa poraxo‘rlik nima bilan yakun topishini hamisha yodda tutishi uchun Sizamning o‘g‘li Otan tayinlangan; Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha olinadigan bir yillik pora miqdori 1 trillion dollardan ortiqroqni tashkil etadi; Yana o‘sha Jahon bankining bildirishicha, poraxo‘rlikka qarshi faol kurash olib boriladigan mamlakatning yalpi ichki mahsuloti bir yil ichida 5 baravarga oshar ekan; Oligarx Mixail Xodorkovskiy korrupsiyani yadro qurolidan ham jiddiyroq xavf deb atagandi. Uning fikricha, terrorchilar yadro quroliga ega bo‘lish uchun kerakli odamlarni pora bilan sotib olishlari kifoya qiladi. O‘zbekiston Singapurning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasiga qiziqmoqda O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Singapur adliya va sog‘liqni saqlash vazirliklari katta davlat vaziri Edvin Tong bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Edvin Tong samimiy va iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston bilan hamkorlik Singapur uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini, hamda ular barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi. R.Davletov, hozirda O‘zbekistonda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini aytdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasining 2018 yilda Singapur davlatiga amalga oshirgan ishchi tashrifi natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligi aytib o‘tildi.
Korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish namunasi sifatida Singapurdagi islohotlarni ko‘rsatish mumkin. Bu davlat qisqa vaqt ichida Osiyoning qoloq mamlakatidan dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylandi. Buning zamirida esa korrupsiyaga qarshi kurash yotadi. Hukumat bu borada maxsus dastur ishlab chiqqan bo‘lib, unga ko‘ra barcha darajadagi amaldorlarning faoliyati to‘liq shaffof bo‘lishi ta'minlandi. Korruptsion aloqalar ildiz otmasligi uchun majburiy rotatsiya tartibi joriy etildi. Barcha darajadagi amaldorlarning fuqarolar bilan munosabatlarida tizimli nazorat o‘rnatildi va turli byurokratik to‘siqlar olib tashlanishi uchun bu munosabatlar mexanizmi takomillashtirildi. Bundan tashqari, barcha mansabdorlarning maoshlari sezilarli darajada oshirildi, sud tizimi mustaqilligi ta'minlandi, pora olganlik va berganlik uchun jazo keskinlashtirildi. Shu bilan bir vaqtda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib turuvchi mustaqil OAV shakllantirildi. Singapur yetakchisi Li Kuan Yuning korrupsiya ustidan g‘alaba qozonishni istagan inson o‘z qarindoshlari va yaqin do‘stlarini ham qamashga tayyor bo‘lishi kerakligi haqidagi mashhur iborasi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash ayovsiz bo‘lganidan dalolat beradi. 1965 yil mustaqillikka erishgan davrga qadar Singapur zamonaviy korrupsiyalashgan mamlakatlardagi manzarani eslatuvchi vaziyatga tushib qolgandi. Mamlakat oʻta ogʻir iqtisodiy kunlarni boshdan kechirar, jamiyatda qonunsizlik hukm surardi…
Singapur mustaqillikka erishguniga qadar qashshoq boʻlib, hatto chuchuk suv va qurilish uchun moʻljallangan qumni ham xorijdan keltirgan. Qoʻshni mamlakatlar nodoʻstona kayfiyatda boʻlsa, aholi orasida sotsialistik gʻoyalar ommalashib ketgandi. Mamlakat Britaniya kolonizatorlaridan nobop hukumatni, korrutsiyalashgan jamiyatni meros qilib olgandi. Korrupsiyaga qarshi kurash boshlagan birinchi hukumat qator muammolarga duchor boʻldi. Unga qarshi kurashni tartibga soluvchi qonun ochiqchasiga zaif edi. Koʻplab korrupsion jinoyatlar qonun doirasidan chetda qolar, tegishli kurashuvchi organlar esa oʻz vazifasini samarali ado etish uchun zarur vakolatga ega emasdi. Amaldorlarning koʻpchiligi poraxoʻr boʻlgani, qonunchilik samarasiz boʻlganligi sababli jinoyatga dalil topish oʻta murakkab edi. Davlat amaldorlari tijoriy sektor xodimlaridan oʻz shaxsiy manfaatlari yoʻlida foydalanishi, aholi savodxonligining past darajasi, huquqiy madaniyatning yetishmasligi kurashni qiyinlashtirdi. Natijada pora maqsadga erishishning yagona usuliga aylandi. Masalaning yana bir murakkab tomoni shunda ediki, inglizlar davrida tashkil etilgan Korrupsiya holatlarini tergov qiluvchi Byuro xizmatchilari mahalliy politsiyadan iborat boʻlib, ular ruhiy jihatdan ushbu illatga qarshi kurashga tayyor emasdi. “Bojxona amaldorlari kontrabanda va taʼqiqlangan mahsulotlarni tashiydigan transport vositalarini tekshirishni “tezlashtirish” uchun pora olardilar. Markaziy taʼminot xizmati xodimlari muayyan chaqa evaziga manfaatdor shaxslarga tenderga kelib tushgan arizalar haqida maʼlumot berardi. Import-eksport departamenti amaldorlari ruxsatnomani tezlashtirib berganlari uchun pora olishardi. Klerklar kamchiliklarga koʻz yumishlari uchun pudratchilar pora taklif qilishardi. Doʻkondorlar va uy egalari axlatni olib ketgani uchun Jamoat sogʻliqni saqlash departamentiga haq toʻlashardi. Maktab direktor va oʻqituvchilari kanselyariya mahsulotlari keltiruvchilaridan foiz olishardi. Hokimiyat tizginidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanishga oʻtishganida inson ixtirochilik qobiliyatining chegarasi yoʻqoladi”. (Li Kuan Yu). Mamlakat juda ogʻir ahvolga kelib qolganini tushungan hukumat jamiyatda ochiqlik va tozalik muhitini yaratishga, korrupsiyani ijtimoiy nomaqbul hodisa deb talqin etilishiga erishish uchun qatʼiy qaror qildi. Oʻz ishining asosiga “toza va sotilmas boʻlib qolish” prinsipini ustuvor qoʻydi. Strategiya mualliflari korrupsiya ustidan nazorat milliy taraqqiyot uchun muhimligiga ishonishardi. Li Kuan Yu hukumati oʻz oldiga Singapurni Janubi-Sharqiy Osiyoning moliyaviy va savdo markaziga aylantirish, shuningdek, mamlakatga xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish maqsadini qoʻygandi. Rahbarlarining siyosiy irodasi va kuchli antikorrupsiya qonunchiligi hisobiga Singapur poraxoʻrlikni yengishga va jahonning iqtisodiy yetakchilari qatoridan joy olishga erishdi. Birinchi navbatda korrupsion harakatlar sodir etish imkoniyati qisqartirildi. 1960 yilda korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi korrupsiya oldini olish va korrupsiya tergovi boʻyicha Byuroni alohida vakolatlar bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunda mustahkamlab qoʻyildi. Eng muhim, qonundagi ikki xil maʼno bildiruvchi anglashilmovchiliklar bartaraf etildi, Mustaqil Byuro hokimiyatning eng oliy eshelonlarida poraxoʻrlikka qarshi kurash olib bordi. Tergov Bosh vazir Li Kuan Yuning hatto eng yaqin qarindoshlariga nisbatan ham olib borildi. Korrupsiyaga aloqador qator vazirlar turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi yoki oʻz hayotlariga suiqasd qilishdi yoki mamlakatdan qochib ketishdi. Ular orasida Li Kuan Yuning qadrdon doʻstlari ham bor edi. “Vi Tun Bun 1975 yilda Indoneziyaga oilasi bilan birga sayohatga borganida atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri lavozimida ishlardi. Sayohat pulini esa uy-joy qurayotgan pudratchi tashkilot toʻlab bergan. U mazkur pudratchidan qiymati 500 ming singapur dollari turadigan koshonani pora sifatida oladi, shuningdek, 300 ming dollarlik ikkita kreditni otasi nomiga pudratchi kafolati asosida rasmiylashtiradi. Maqsad ushbu puldan fond bozorida chayqovchilik maqsadida foydalanish edi. Vi Tun Bun 1950-yillardan boshlab sadoqatli nokommunist yetakchi boʻlgan, shuning uchun uni himoya qilish va oʻzini aybsiz ekanligi xususida ishonchsiz urinishlarini eshitish menga ogʻir boʻldi. U aybdor deb topilib, 4 yili 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukm ustidan shikoyat qilishiga qaramay, u kuchda qoldirildi, garchi qamoq muddati 18 oyga kamaytirilgan boʻlsa ham – deb hikoya qiladi Bosh vazir Li Kuan Yu oʻz esdaliklarida. Demak, hamma narsadan koʻra qonun ustuvorligini afzal koʻrish, jamiyatda hammaning qonun oldida tengligi prinsipini targʻib qilish va unga amal qilish, bu yoʻlda yuqori martabali amaldorlar va qarindoshlarini ham ayamaslik Singapurda korrupsiyani bartaraf etish ishiga xizmat qildi. Li Kuan Yuning qayd etishicha, siyosiy yetakchilar tartibli va vijdonli hukumatning vakillari boʻlgani uchun eng katta maoshlar tayinlangan. Agar ularga yaxshi pul toʻlanmasa, notoʻgʻri yoʻlga kirib qolishi va korrupsion harakatlarga aralashib qolishi hech gap emas. Shunga muvofiq, “aqllilar”ning xususiy sektorga oʻtib ketishini kamaytirish maqsadida Singapur davlat xizmatchilarining ish haqi muttasil oshirib borildi. 1989 va 1994 yillarda davlat oliy xizmatchilarining ish haqini qayta koʻrib chiqish jarayonida maoshlar shu qadar oshirildiki, dunyoning boshqa har qanday davlat xizmatchisi buni orzu qilardi xolos. Biroq mazkur formula ish haqining har yili avtomatik tarzda oshirilishini anglatmaydi, chunki xususiy sektorning daromadlari goh tushar, goh koʻtarilardi. 1995 yilda xususiy sektorning daromadi pasaygan boʻlsa, 1997 yilda bunga muvofiq ravishda barcha vazirlar va mansabdorlarning maoshi kamaytiriladi. Singapur rahbariyati saylovoldi kampaniyasiga katta xarajatlarni sarflash koʻplab Osiyo mamlakatlari uchun behuda ekaniga ishonardi. Saylovga katta pul tikkan gʻoliblar nafaqat sarflangan mablagʻni qaytarishi, balki kelgusi saylov uchun mablagʻ toʻplashi zarur edi. Bu holat korrupsion operatsiyalarni amalga oshirishga yoʻl ochardi. Shuning uchun Singapur xalq harakati partiyasi yetakchilari saylovoldi kampaniyaga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga urindi. Partiyaning saylovdan keyin xazinasini toʻldirishga va saylovlar oraligʻida saylovchilarga sovgʻa tarqatishga hojat qolmagandi. “Biz shunga erishdikki, odamlar ish oʻrinlari yaratishimiz, maktablar, kasalxonalar, ijtimoiy markazlar qurishimiz uchun qayta-qayta ovoz beraverardi. Mazkur ijtimoiy qulayliklar odamlar hayotini oʻzgartirdi, farzandlarining kelajagi Xalq harakati partiyasi bilan ekanligiga xalqni ishontira boshladi.(Li Kuan Yu). Download 91.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling