Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asoslari


Download 31.38 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi31.38 Kb.
#1608376
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish word. DHN


Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asoslari

  1. Fuqorolik jamiyati tushunchasi

  2. Fuqorolik jamiyati asoslari

  • Iqtisodiy asos.

  • Siyosiy asos.

  • Manaviy-axloqiy asoslari

Davlat va jamiyat qadimdan bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlikda
rivojlanib kelayotgan ijtimoiy hayot birliklari hisoblanadi. Davlat
kishilik jamiyati shakllanishining muayyan bosqichida vujudga
kelgan. 0 ‘z o‘rnida fuqarolik jamiyati insoniyat tomonidan asos
solingan davlat va jamiyat hayotining eng oliy shaklidir.
Fuqarolik jamiyati to‘g ‘risidagi g'oyalar va ta’limotlar
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab hayotga joriy etilayotgan bo‘lsa-da, ushbu hodisa va uni tashkil etgan tarkibiy unsurlar azal-azaldan insoniyat tafakkuriga begona bo‘lmagan.
Fuqarolik jamiyati tarixiy taraqqiyotning, insoniyat sivilizatsiyasi madaniy-ma’rifiy yuksalishining yetuklik darajasidir.
Mazkur jamiyat ijtimoiy munosabatlarning oqilona huquqiy
tartibga solinganligi, umuminsoniy demokratik qadriyatlar
va institutlar qaror topganligi, adolatli qonunlar tizimi shakllanganligi, davlat va barcha fuqarolik jamiyati institutlari xalq va fuqarolar manfaati uchun faoliyat ko‘rsatadigan, fuqarolari komillikka, yuksak ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy
sifatlarga erishganligi bilan ta’riflanadi. Fuqarolik jamiyatini
barpo etish, eng avvalo, inson, jamiyat va davlatning o‘zaro
ma’rifiy aloqadorligi bo‘lib, unda inson, uning huquqlari va
manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega. Bunday jamiyatda mavjud bo‘ladigan ijtimoiy muhit davlatning qonunlar doirasida
faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z navbatida, fuqarolarning huquqlari va
erkinliklari to‘la-to‘kis ta’minlanishiga sharoit yaratadi.
Fuqarolik jamiyati - har bir inson manfaatini
ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar
e’zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari sozsiz
ta’minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyatdir.
Fuqarolik jam iyatining quyidagi asosiy belgilari
va xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1. Jamiyat va shaxs ehtiyojlari tizimida faol ijobiy faoliyat
va mehnatning roli alohida mazmunga ega bo‘lishi.
2. Jamiyat mazmuni, uning rivojlanish qonuniyatlari mohiyatining xususiy mulkchilik munosabatlari orqali belgilanishi.
3. Fuqarolarning yuridik jihatdan bir xil maqomga egaligi
va qonun oldida tengligi. Jamiyatda adolatli sud tizimining
qaror topishi.
4. Shaxsning xususiy hayoti va iqtisodiy faoliyatiga davlat
aralashuvining qonun doirasida cheklanishi. Huquqiy davlatchilikning mavjud bo‘lishi.
5. Shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy mustaqilligi.
6. Davlat, davlat idoralari va fuqarolar huquqning teng subyekti sifatida munosabatga kirisha olishi, ularning sudda teng
taraflar sifatida maydonga chiqa olishi. Fuqarolar huquqlarini
kafolatlash mexanizmlarining yaratilganligi.
7. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlari, jumladan,
fuqarolarning ozini o‘zi boshqarish organlari tizimining mavjudligi.
8. Jamiyatning yuksak ma’naviy-madaniy'va axloqiy rivojlanganligi, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar o'zaro hurmat
doirasida, shaxs qadrini e’zozlash asosiga qurilganligi va
boshqalar.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun uning institutlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Fuqarolik jamiyati institutlarini quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflash
mumkin:
1. Iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar: xususiy mulk asosida vujudga keladigan va
faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlari; tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va boshqalar.
2. Ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar: oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar; ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta
maxsus va oliy ta’lim muassasalari); fuqarolarning o'zini o‘zi
boshqarish organlari; mustaqil ommaviy axborot vositalari;
diniy tashkilotlar; milliy-madaniy markazlar; ixtiyoriy ko‘ngilli
jamiyatlar; jamoatchilik fikrini aniqlash va o‘rganish institutlari; turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va
boshqalar.
3. Siyosiy sohadagi m anfaatlarni aks ettiruvchi
institutlar va tuzilmalar: siyosiy partiyalar; ijtimoiy-siyosiy
harakatlar; inson huquqlarini himoya qiluvchi institutlar va
boshqalar.
0 ‘z navbatida, fuqarolik jamiyati institutlarining
mamlakat hayotidagi o‘rni va ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- aholini turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etadi;
- fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini
kengaytirish va chuqurlashtirishda muhim omil sanaladi;
- ular davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borishning asosiy vositasi hisoblanadi;
- butun jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni hayotga
tatbiq etishda ular davlatning teng huquqli ijtimoiy sherigi,
hamkori hisoblanadi;
- nodavlat notijorat tashkilotlarning rivojlangan tizimijamiyatda manfaatlar uyg‘unligini qaror toptiradi va mustahkamlaydi.



Download 31.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling