Davlat byudjetining ijrosi va uning iqtisodiy tahlili


Download 331.5 Kb.
bet1/7
Sana15.02.2023
Hajmi331.5 Kb.
#1202859
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DAVLAT BYUDJETINING IJROSI VA UNING IQTISODIY TAHLILI




DAVLAT BYUDJETINING IJROSI VA UNING IQTISODIY TAHLILI


REJA:


Kirish
I.Bob. Zamonaviy sharoitda davlat byudjeti tizimini boshqarish
1.1. Davlat budjeti ijrosini tashkil etish ahamiyati
1.2. Davlat budjeti g`azna ijrosining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari.
1.3. G`aznachilik faoliyatining tashkiliy elementlari

II.Bob. Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha byudjet hisobini tashkil

2.1 Davlat byudjeti ijrosini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish


2.2 2021-yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti parametrlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sari islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining o‘rni va roli juda muhimdir. Chunki, davlat daromadlar va xarajatlarni tartibga solishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita byudjet tizimiga tayanadi. Byudjet siyosati har bir mamlakatning, jumladan, MDX davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga muvofiq, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash vazifalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. Davlat byudjetining to‘g‘ri va oqilona tashkil etilishi nafaqat mamlakat makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlashga, balki xo‘jalik sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatiga va aholi turmush darajasiga har tomonlama ta’sir etish orqali mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga xizmat qiladi.


Keyingi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar bilan bir qatorda, MDX mamlakatlari iqtisodiyotida ijtimoiy himoya masalalarining, qishloq xo‘jaligi sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, strategik sanoat korxonalarini davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning o‘sishi YaIM ning Davlat byudjeti orqali qayta taqsimlanish salmog‘ining ortishiga olib kelmoqda.
Iqtisodiy qonun va ta’riflardan ma’lumki, barqaror holatdagi Davlat byudjeti deganda uning taqchilliksiz yoki muayyan andozaga mos keluvchi taqchillik bilan ijrosi tushuniladi. Davlat byudjeti taqchilligining me’yordan ortishi yoki uning asoratli ravishda bo‘lishi, uni moliyalashtirish manbalariga ko‘ra yo boshqarib bo‘lmas davlat qarzlarini, yoki inflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga, aholining kam ta’minlangan qismining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu holat bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy tamoyili – kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga to‘sqinlik qiladi.
Davlat byudjeti va uning taqchilligi iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, uni chuqur o‘rganmasdan turib, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Taqchillikning hajmlarini aniqlash bilan birga, uning iqtisodiy mohiyatini har tomonlama o‘rganish zarur. Chunki, byudjetda bunday vaziyatning yuzaga kelishi me’yoriy holat hisoblanmaydi, ammo uni yengib o‘tish yoki ma’lum chegarada ushlab turish mumkin. Ideal holatdagi – tenglashtirilgan byudjet esa dunyo mamlakatlari tajribasida juda kam uchraydi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamiyat rivojining ma’lum bosqichlarida mamlakatning xususiyatlarini inobatga olib, byudjet taqchilligiga yo‘l qo‘yiladi. Byudjet taqchilligining iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ta’sirini bilish uchun, avvalo, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash, ushbu omillarning oldini olish, byudjet taqchilligini boshqarish bo‘yicha to‘plangan jahon tajribasidan foydalangan holda, uni noinflyatsion manbalar hisobiga moliyalashtirish bo‘yicha jamiyat manfaatlarini himoya qiluvchi to‘g‘ri qarorlar qabul qilish o‘ta muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada mamlakat miqyosida qabul qilingan har bir qaror pirovard natijada yalpi ishlab chiqarish va yalpi ichki mahsulot hajmining, narxlar darajasining o‘zgarishiga, aholi turmush darajasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Shu nuqtai-nazardan olib qaraganda, davlat byudjeti munosabatlarini o‘rganib, uning shakllanish omillarini chuqur tahlil qilgan holda takomillashtirish masalalari bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Download 331.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling