Fuqarolik majburiyati Tarixiy binolar orqali aholida kelib chiqayotgan muammolar. Buxoro shahar arxitekturasidagi muammolar


“Har bir uyning konsepsiyasini ishlab chiqish”


Download 19.48 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi19.48 Kb.
#1610221
1   2   3
Bog'liq
Tabiatni muhofaza qilish

4.“Har bir uyning konsepsiyasini ishlab chiqish”
— Eski shaharni asl holida saqlab qolish ham dardimiz, ham muammomiz, — deydi Sherzod Mahmudov. — Hozir viloyat hokimligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda har bir uyning konsepsiyasini ishlab chiqyapmiz. Har bir oilaning imkoniyati oʻrganilmoqda. Kimdir yaroqsiz ahvolga kelgan uyini bir qavatli, yana kimdir ikki qavatli qilib qayta tiklashi mumkin. Shunga aniqlik kiritamiz. Lekin uylarning tom qismi tashqi koʻrinishi birxillashadi.
Fikrimizcha, hududning Oʻrta asrlarga xos qiyofasini saqlab qolish uchun madaniy-maishiy obyektlarga ham eʼtibor qaratish zarur. Bu haqda bejiz toʻxtalmayapmiz.
— Agar Ark qoʻrgʻoni tepasidan nazar tashlasangiz, yon-atrofdagi ayrim eski inshootlar tom qismi tunuka bilan qoplanganini koʻrasiz, — deydi meʼmor ­Zoirshoh Qilichev. — Bu manzara kishiga ajnabiy shaharlarni eslatadi. Vaholanki, oʻtgan asrning 20-yillarida bu binolar tomi tekis koʻrinishda edi. Binobarin, inshootlar tom qismini qadimiy obidalarnikiga monand holga ­keltirishimiz zarur. Shunda uygʻunlik, yaxlit manzara hosil boʻladi.
Yana bir mulohaza. Buxoroning murakkab iqlim sharoitida dov-daraxtlarning ahamiyati katta. Afsuski, yaqin oʻtmishda ularning koʻpi qurilish-obodonchilik vaji bilan kesildi. Archa oʻtqazishga ruju qoʻyildi. Vaholanki, mahalliy iqlim sharoitiga mos tut, chinor va qayragʻochni koʻpaytirish maqsadga muvofiq. Bunga qadimiy shaharning jozibador qiyofasini saqlab qolish bilan bogʻliq masala sifatida qarash kerak.
Zero, Buxoroi sharifning asl koʻrinishini asrab-avaylash va uni kelgusi avlodlarga ziyon-zahmatsiz yetkazish tarix oldidagi insoniy burchimizdir!
Download 19.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling