Fuqarolik protsessida taraflar reja


Download 1.42 Mb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1435314
  1   2
Bog'liq
6-FUQAROLIK PROTSESSIDA TARAFLAR

Namangan Davlat universiteti Yuridika Fa'kulteti Yurisprudensiya yo'nalishi kechki ta'lim shakli K.YU.DU-20 guruh talabasi Abdumuhammadov Sardorbekning tayyorlagan taqdimoti.

FUQAROLIK PROTSESSIDA TARAFLAR

Reja:

Fuqarolik protsessida taraflar tushunchasi va ularning protsessual huquq va majburiyatlari

  • FPKning 39-moddasi birinchi qismiga binoan, da'vogar va javobgar fuqarolik protsessining taraflaridir. Demak, fuqarolik protsessida ikki taraf: da'vogar va javobgar ishtirok etadi.
  • Da'vogar deganda, o'zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini ko'zlab ish qo‘zg‘atilgan shaxsga aytiladi.
  • Mazkur ta'rif da'vogaming fuqarolik protsessidagi ishtirokining ikki shakli mavjudligini ko‘rsatadi: birinchidan, da'vogar deganda, o'zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan shaxs tushunilsa, ikkinchidan, da’vogar deb boshqa shaxslaming huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qiluvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra, ish qo‘zg‘atilgan shaxs tushuniladi.
  • Protsessda birgalikda ishtirok etish deb, muayyan fuqarolik ishining sudda ko‘riIishida har ikki tarafdan ham bir necha da'vogarlar yoki bir necha javobgarlar ishtirok etishiga aytiladi.
  • Fuqarolik protsessida birgalikda ishtirok etishning asosiy maqsadi sud tomonidan fuqarolik ishlarining ko‘rilishini yengillashtirish, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tez va samarali himoya qilishdan iboratdir.
  • Aynan sherik ishtirokchilik institutining uchinchi shaxslardan va ishga daxldor bo‘lmagan taraflardan farqi sherik ishtirokchilar o ‘rtasida manfaatdorlik borasida o ‘zaro qarama-qarshilikning boMmasligi, ular talab va e'tirozlarining bir xilda ekanligidadir. Ushbu xususiyatlar protsessda birgalikda ishtirok etishga yo‘l qo‘yishning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling