Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Ashyoning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi


Download 1.93 Mb.
bet100/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   324
624-modda. Ashyoning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi
Agar ssuda oluvchi ashyodan shartnomaga yoki uning vazifasiga nomuvofiq holda foydalanishi yoxud uni ssuda beruvchining roziligisiz uchinchi shaxsga berishi tufayli ashyo nobud bo‘lsa yoki buzilsa, tekin foydalanish uchun olingan ashyoning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi ssuda oluvchining zimmasida bo‘ladi. Ssuda oluvchi o‘z ashyosidan voz kechib, ssudaga berilgan ashyoning nobud bo‘lishi yoki buzilishini bartaraf qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa ham, ashyoning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi uning zimmasida bo‘ladi.
625-modda. Ashyodan foydalanish natijasida uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Ssuda beruvchi ashyodan foydalanish natijasida uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar uchun, basharti bu zarar ssuda oluvchi tomonidan yoki bu ashyo ssuda beruvchining roziligi bilan qo‘liga tushib qolgan shaxs tomonidan qasddan yoxud qo‘pol ehtiyotsizlik tufayli yetkazilganini yoinki zarar ssuda oluvchining egaligidan ssuda beruvchining roziligisiz chiqib ketgan ashyodan foydalanib yetkazilganini isbot qilmasa, javobgar bo‘ladi.
626-modda. Tekin foydalanish uchun olingan ashyoni uchinchi shaxsga topshirish
Ssuda oluvchi tekin foydalanish uchun olgan ashyoni uchinchi shaxsga foydalanish uchun faqat ssuda beruvchining roziligi bilan va uning oldida mas’ul bo‘lib qolgan holda berishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
6261-modda. Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasining shakli
Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi, bundan uy-joyni yaqin qarindoshlarga (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari) tekin foydalanishga berish hollari mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(6261-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks 606-moddasining ikkinchi qismida, 607-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 609, 610-moddalarida, 612-moddasining birinchi qismida, 615-moddasining birinchi qismida, uchinchi qismi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 616-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
(6261-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling