Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilishning oqibatlari


Download 1.93 Mb.
bet98/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   324
616-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilishning oqibatlari
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan taqdirda, ijaraga oluvchi va shartnoma bekor qilingan vaqtda uy-joyda yashab turgan boshqa fuqarolar sudning qaroriga asosan uy-joydan ko‘chirib chiqarilishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
36-bob. Tekin foydalanish
617-modda. Tekin foydalanish shartnomasi tushunchasi
Tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi tarafga (ssuda oluvchiga) ashyoni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish majburiyatini oladi yoki beradi, ikkinchi taraf esa bu ashyoni qanday olgan bo‘lsa, normal eyilishni hisobga olib xuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarib berish majburiyatini oladi.
Tekin foydalanish shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks 537-moddasida, 540-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 545-moddasida, 553-moddasining to‘rtinchi qismida, 555-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
618-modda. Ssuda beruvchi
Ashyoni tekin foydalanishga berish huquqiga uning mulkdori va qonun yoki mulkdor tomonidan vakolat berilgan boshqa shaxslar ega bo‘ladi.
Tijorat tashkiloti o‘z muassisi, ishtirokchisi (aksiyadori), rahbari, o‘z boshqaruv yoki nazorat organlarining a’zosi bo‘lgan shaxsga ashyoni tekin foydalanishga berishga haqli emas.
619-modda. Ashyoni tekin foydalanish uchun berish
Ssuda beruvchi ashyoni undan tekin hamda vazifasiga muvofiq foydalanish shartlariga javob beradigan holatda topshirishi shart.
Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ashyo undan tekin foydalanish uchun barcha mansub ashyolari va tegishli hujjatlari (foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar, texnik pasporti va shu kabilar) bilan birga beriladi.
Agar bunday ashyolar va hujjatlar berilmagan bo‘lib, ularsiz ashyodan vazifasiga muvofiq foydalanib bo‘lmasa yoki undan foydalanish ssuda oluvchi uchun o‘z ahamiyatini ancha yo‘qotsa, ssuda oluvchi bunday ashyolar va hujjatlar berilishini yoki shartnoma bekor qilinib, o‘zi ko‘rgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqli.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling