Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Download 1.93 Mb.
bet11/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   324
411-modda. Tovarning butligi
Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasining butlik to‘g‘risidagi shartlariga muvofiq bo‘lgan tovarni topshirishi shart.
Oldi-sotdi shartnomasida tovarning butligi belgilanmagan hollarda sotuvchi sotib oluvchiga butligi ish muomalasi odatlari yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablar bilan belgilanadigan tovarni berishi shart.
412-modda. But tovarlar
Agar oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga muayyan tovarlar to‘plamini but holida (but tovarlar) berish majburiyati belgilangan bo‘lsa, but holdagi barcha tovarlar berilgan paytdan boshlab majburiyat bajarilgan hisoblanadi.
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotuvchi but holdagi barcha tovarlarni sotib oluvchiga bir vaqtda topshirishi lozim.
413-modda. But bo‘lmagan tovarni topshirish oqibatlari
But bo‘lmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra sotuvchidan:
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega.
Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash to‘g‘risidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra:
butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga;
oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun to‘langan pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar sotuvchining sotib oluvchiga but tovarlarni topshirish majburiyati buzilgan hollarda ham qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-son “Sifati tegishli darajada bo‘lmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bog‘liq nizolarni hal etish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling