Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari


Download 1.93 Mb.
bet122/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   324
678-modda. Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Pudratchi qurilish va u bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirayotgan vaqtda atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borishga doir qonunchilikning talablariga rioya etishi shart va bunday talablar buzilganligi uchun uchinchi shaxslar oldida javobgar bo‘ladi.
(678-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar buyurtmachi bergan materiallar (detallar, konstruksiyalar)dan va uskunalardan ishni bajarish jarayonida foydalanish yoki uning ko‘rsatmalarini bajarish atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish to‘g‘risidagi taraflar uchun majburiy bo‘lgan talablarning buzilishiga olib kelsa, pudratchi bu materiallar va uskunalardan foydalanishga, ko‘rsatmalarni bajarishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 999-moddasi.
679-modda. Qurilish konservatsiya qilinganda buyurtmachining majburiyatlari
Agar taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha ishlar to‘xtatilgan bo‘lsa va qurilish obyekti konservatsiya qilingan bo‘lsa, buyurtmachi pudratchiga konservatsiya qilingan paytga qadar bajarilgan ishlar haqining hammasini to‘lashi, shuningdek ishlarni to‘xtatish va qurilishni konservatsiya qilish zaruriyati tufayli qilingan xarajatlarni to‘lashi shart.
680-modda. Ishlarni topshirish va qabul qilib olish
Pudratchidan qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishlar natijasi yoki, agar shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ishlarning bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor ekanligi to‘g‘risida xabar olgan buyurtmachi darhol uni qabul qilib olishga kirishishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishni o‘z hisobidan tashkil etadi va amalga oshiradi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ishlarni qabul qilib olishda davlat organlarining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari ishtirok etishi lozim.
(680-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ishlarning alohida bosqichlarini oldindan qabul qilib olgan buyurtmachi ularning pudratchi aybdor bo‘lmagan holda nobud bo‘lish yoki shikastlanish xavfini, shu jumladan qurilish pudrati shartnomasida ishning pudratchi tomonidan tavakkal qilib bajarilishi nazarda tutilgan hollarda ham, o‘z zimmasiga oladi.
Ishlar natijasining pudratchi tomonidan topshirilishi va buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinishi ikkala taraf imzolagan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Taraflardan biri dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu to‘g‘rida ushbu dalolatnomaga yozib qo‘yiladi va dalolatnomani ikkinchi taraf imzolaydi.
Sud dalolatnomani imzolashdan bosh tortish sabablarini asosli deb topsagina, ishlar natijasini topshirish yoki qabul qilishning bir taraflama dalolatnomasini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan yoki shartnoma yuzasidan bajariladigan ishning xususiyatidan kelib chiqqan hollarda ish natijasini qabul qilib olishdan oldin dastlabki sinov o‘tkazilishi kerak. Bunday hollarda ishlar faqat dastlabki sinov ijobiy natija bergandagina qabul qilib olinishi mumkin.
Bajarilgan ishda undan qurilish pudrati shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadda foydalanish imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar borligi aniqlangan va ularni pudratchi, buyurtmachi yoki uchinchi shaxs bartaraf etishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishdan bosh tortishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9-10-bandlari.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling