Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Download 1.93 Mb.
bet154/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   324
769-modda. Omonat daftarchasi
Agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, fuqaro bilan bank omonati shartnomasi tuzish hamda uning hisobvarag‘iga omonat bo‘yicha pul mablag‘larini kiritib qo‘yish omonat daftarchasi bilan tasdiqlanadi.
Omonat daftarchasida bankning yoki uning tegishli filialining nomi, uning joylashgan manzili hamda omonat bo‘yicha hisobvaraq nomeri, shuningdek hisobvaraqqa kiritilgan hamma pul mablag‘lari summasi, hisobvaraqdan o‘chirilgan hamma pul mablag‘lari summasi va omonat daftarchasi bankka taqdim etilgan paytda hisobvaraqdagi pul mablag‘larining qoldig‘i ko‘rsatilgan va tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Agar omonatning boshqa holati isbot qilingan bo‘lmasa, omonat to‘g‘risida omonat daftarchasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bank bilan omonatchi o‘rtasida omonat bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank omonati shartnomasida egasining nomi yozilgan omonat daftarchasini berish nazarda tutiladi.
(769-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Bank omonat daftarchasi taqdim etilganida omonatni beradi, unga foizlar to‘laydi hamda omonatchining omonat bo‘yicha hisobvaraqdagi pul mablag‘larini boshqa shaxslarga o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini bajaradi.
Agar egasining nomi yozilgan omonat daftarchasi yo‘qotilgan bo‘lsa yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga keltirilgan bo‘lsa, bank omonatchining arizasiga muvofiq unga yangi omonat daftarchasi beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(769-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
770-modda. Omonat (depozit) sertifikati
Oldingi tahrirga qarang.
Omonat (depozit) sertifikati egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘oz bo‘lib, bankka qo‘yilgan omonat summasini ham, omonatchining (sertifikat saqlovchining) belgilangan muddat tamom bo‘lganidan keyin sertifikatni bergan bankda yoki ushbu bankning istalgan filialida omonat summasini va sertifikatda ko‘rsatib qo‘yilgan foizlarni olish huquqini ham tasdiqlaydi.
(770-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(770-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Omonat (depozit) sertifikati pul to‘lash uchun muddatidan oldin taqdim etilgan taqdirda bank, agar sertifikatning shartlarida foizlarning boshqacha miqdori belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, omonat summasini va talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni to‘laydi.
[OKOZ:

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling