Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Hisobvaraq bo‘yicha bank bajaradigan operatsiyalar


Download 1.93 Mb.
bet157/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   324
777-modda. Hisobvaraq bo‘yicha bank bajaradigan operatsiyalar
Agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank qonunda, qonunga muvofiq belgilab qo‘yilgan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo‘llanadigan ish muomalasi odatlarida ushbu turdagi hisobvaraqlar uchun belgilab qo‘yilgan operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan hisobvaraqqa kelib tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilishi va kiritib qo‘yishi hamda mijozning pul mablag‘larini qo‘lga berish haqidagi topshiriqlarini bajarishi shart.
778-modda. Hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunda yoki bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov hujjati bankka tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan tushgan pul mablag‘larini hisobvaraqqa kiritib qo‘yishi, mijozning topshirig‘iga muvofiq hisobvaraqdan pul mablag‘larini qo‘lga berishi yoki o‘tkazishi shart. Hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlarini buzish bank uchun ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
(778-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
779-modda. Hisobvaraqni kreditlash
Bank hisobvarag‘i shartnomasiga muvofiq bank mijozning hisobvarag‘ida pul mablag‘lari yo‘qligiga qaramay, mijozning talablariga muvofiq to‘lovlarni amalga oshirgan hollarda bank mijozga to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab tegishli summaga kredit bergan (hisobvaraqni kreditlash) hisoblanadi.
Taraflarning hisobvaraqni kreditlash bilan bog‘liq huquq va majburiyatlari, agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz va kredit to‘g‘risidagi qoidalar bilan belgilanadi.
780-modda. Bankning hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishga qilgan xarajatlarini to‘lash
Mijoz bankning hisobvaraqda turgan pul mablag‘lari bilan operatsiya qilish bo‘yicha xizmatlariga bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq to‘laydi. Mazkur operatsiyalarni amalga oshirish borasidagi bank xizmatlarining narxi bank hisobvarag‘i shartnomasida belgilab qo‘yilmagan hollarda xizmatlar uchun to‘lanadigan haq ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Bankning xizmatlari uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq, agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank tomonidan har oyning oxirida mijozning hisobvarag‘ida turgan pul mablag‘laridan undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida Yo‘riqnoma”ning 7-bandi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling