Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash


Download 1.93 Mb.
bet16/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   324
422-modda. Tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash
Tovarni nasiyaga sotish shartnomasida tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
Haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tovarni nasiyaga sotish shartnomasida oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari bilan bir qatorda tovar bahosi, to‘lovlarning tartibi, muddatlari va miqdori ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar sotib oluvchi haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan va o‘ziga topshirilgan tovar uchun navbatdagi to‘lovni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirmasa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni tovarga qaratishga haqli.
(422-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarni kreditga sotish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan taqdirda, sotib oluvchi olingan tovar ulushining haqi to‘langan qismini majburiyatlarni bajarish ta’minoti sifatida berishga haqli.
(422-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
423-modda. Tovarni sug‘urtalash
Agar shartnomada sotuvchi yoki sotib oluvchining tovarni sug‘urtalash majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, biroq unda sug‘urtalash shartlari va tovar sug‘urtalanadigan eng kam summa belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urtalash shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta puli tovar bahosidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Tovarni sug‘urtalashi lozim bo‘lgan taraf shartnoma shartlariga muvofiq sug‘urtalashni amalga oshirmagan hollarda boshqa taraf tovarni sug‘urtalashga va sug‘urtalashi lozim bo‘lgan tarafdan sug‘urta xarajatlarini qoplashni talab qilishga yoki shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling