Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Sotib oluvchiga tovar haqida axborot berish


Download 1.93 Mb.
bet18/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   324
427-modda. Sotib oluvchiga tovar haqida axborot berish
Oldingi tahrirga qarang.
Sotuvchi sotishga taklif qilingan tovar to‘g‘risida sotib oluvchiga zarur va to‘g‘ri axborotni uning mazmuni va uni taqdim etish usuliga nisbatan qonunchilikda belgilangan yoki odatda chakana savdoda qo‘yiladigan talablarga muvofiq holda berishi shart.
(427-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari”ning 14-bandi.
Sotib oluvchi chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar tovarni ko‘zdan kechirish, o‘z oldida tovarning xossalarini tekshirishni yoki tovardan qanday foydalanishni ko‘rsatishni, agar bu hol tovarning xususiyati tufayli istisno qilinmasa va chakana savdoda qabul qilingan qoidalarga zid bo‘lmasa, talab qilishga haqli.
Agar sotib oluvchiga sotish joyida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan tovar to‘g‘risidagi axborotni darhol olish imkoni berilmagan bo‘lsa, u chakana oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan asossiz bosh tortilgani tufayli o‘zi ko‘rgan zararni to‘lashni sotuvchidan talab qilishga, agar shartnoma tuzilgan bo‘lsa, oqilona muddatda shartnomani bajarishdan bosh tortishga, tovar uchun to‘langan summani qaytarishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Sotib oluvchiga tovar to‘g‘risida tegishli axborot olish imkonini bermagan sotuvchi tovar sotib oluvchiga topshirilganidan so‘ng tovarda paydo bo‘lgan kamchiliklar uchun ham, agar sotib oluvchi bu kamchiliklar o‘zida bunday axborot bo‘lmagani sababli paydo bo‘lganini isbotlasa, javob beradi.
428-modda. Tovarning sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda qabul qilinishi sharti bilan sotish
Taraflar sotib oluvchi tovarni shartnomada belgilangan muddatda qabul qilib olishi sharti bilan chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzishlari mumkin, bu muddat mobaynida tovar boshqa sotib oluvchiga sotilishi mumkin emas.
Agar chakana oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomada belgilangan muddatda sotib oluvchining tovarni qabul qilish uchun kelmasligi yoki boshqa zarur harakatlarni amalga oshirmasligini sotuvchi sotib oluvchining shartnomani bajarishdan bosh tortishi deb qaralishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sotuvchining tovarni sotib oluvchiga chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda topshirishni ta’minlash borasidagi qo‘shimcha xarajatlari, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning bahosiga qo‘shiladi.
(428-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling