Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. To‘lovdan bosh tortishni xabar qilish


Download 1.93 Mb.
bet168/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   324
806-modda. To‘lovdan bosh tortishni xabar qilish
Agar to‘lov va (yoki) aksept olingan bo‘lmasa, ijrochi bank pul to‘lanmaganligining yoki akseptdan bosh tortilganligining sabablari to‘g‘risida bank-emitentni darhol xabardor qilishi shart. Bank-emitent bu haqda darhol mijozga xabar berishi, undan navbatdagi harakatlar xususida ko‘rsatmalar so‘rashi shart.
Bundan keyingi harakatlar to‘g‘risida bank qoidalarida belgilangan muddatda ko‘rsatmalar olinmasa, ijrochi bank hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi yuborgan bankka qaytarishga haqli.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.05 Cheklar bilan hisob-kitob]
5-§. Cheklar bilan hisob-kitob qilish
807-modda. Cheklar bilan hisob-kitob qilishning umumiy qoidalari
Chek beruvchining chekda ko‘rsatilgan summani chek saqlovchiga to‘lash haqida bankka hech qanday shart qo‘yilmagan topshirig‘i mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘oz chek deyiladi.
Chek bilan hisob-kitob qilinganida faqat chek beruvchining chek berish yo‘li bilan tasarruf etishga haqli bo‘lgan mablag‘lari saqlanayotgan bankgina chek bo‘yicha pul to‘lovchi qilib ko‘rsatilishi mumkin.
Chekni taqdim etish muddati o‘tmagunicha uni chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chekning berilishi — bajarish uchun chek berilgan pul majburiyatini bekor qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
To‘lov muomalasida cheklardan foydalanish tartibi va shartlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(807-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
808-modda. Chekning rekvizitlari
Chekda quyidagilar bo‘lishi shart:
hujjat matniga kiritilgan “chek” degan nom;
muayyan pul summasini to‘lash haqida to‘lovchiga topshiriq;
to‘lovchining nomi va to‘lov qaysi hisobvaraqdan amalga oshirilishi kerakligi;
to‘lov valyutasi;
chek tuzilgan sana va joy;
chekni yozib bergan shaxsning — chek beruvchining imzosi.
Hujjatda mazkur rekvizitlardan birontasining bo‘lmasligi chekni kuchdan mahrum qiladi.
Tuzilgan joyi ko‘rsatilmagan chek chek beruvchi turgan joyda imzolangan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chekning shakli va uni to‘ldirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(808-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling