Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining muhim shartlari


Download 1.93 Mb.
bet186/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   324
853-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining muhim shartlari
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
shartnoma bo‘yicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk ro‘yxati;
foyda oluvchi to‘g‘risidagi ko‘rsatma;
ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;
ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan shaxs;
agar haq to‘lash shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ishonchli boshqaruvchiga to‘lanadigan haqning miqdori va shakli.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar bo‘lmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng ko‘p muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
854-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining shakli
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Ko‘chmas mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma uchun nazarda tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Ko‘chmas mulkka egalik huquqining boshqa shaxsga o‘tishi qaysi tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni ro‘yxatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy bo‘lmasligini keltirib chiqaradi.
855-modda. Ishonchli boshqaruvda bo‘lgan mol-mulkni ajratib chiqarish
Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek ishonchli boshqaruvchining mol-mulkidan ajratiladi. Ushbu mol-mulk ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u bo‘yicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha hisob-kitob yuritish uchun alohida bank hisobvarag‘i ochiladi.
Boshqaruv muassisining qarzlari bo‘yicha undiruvni u ishonchli boshqarishga topshirgan mol-mulkka qaratishga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu shaxs nochor (bankrot) bo‘lgan hollar bundan mustasno. Boshqaruv muassisi bankrot bo‘lganida, ushbu mol-mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi va u kimoshdi savdosiga qo‘yilgan mol-mulkka qo‘shib yuboriladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling