Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Ishonchli boshqaruvchiga to‘lanadigan haq


Download 1.93 Mb.
bet189/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   324
860-modda. Ishonchli boshqaruvchiga to‘lanadigan haq
Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan haqni olish, shuningdek u mol-mulkni ishonchli boshqarish chog‘ida qilgan zarur xarajatlarni boshqarishga topshirilgan mol-mulk hisobidan yoki ushbu mol-mulkdan foydalanishdan kelgan daromadlar hisobidan qoplatish huquqiga ega.
861-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining bekor bo‘lishi
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:
taraflardan birining shartnoma muddati tugashi munosabati bilan shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasiga muvofiq;
agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, foyda oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan;
ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etganida, u muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblanganida, shuningdek yakka tadbirkor nochor (bankrot) deb topilganida;
ishonchli boshqaruvchi yuridik shaxs tugatilganida, u nochor (bankrot) deb topilganida;
foyda oluvchi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma bo‘yicha foydani olishdan bosh tortganida;
ishonchli boshqaruvchi yoki boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchi uchun mol-mulkni ishonchli boshqarishni shaxsan amalga oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishdan bosh tortganida;
boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchiga shartnomada kelishilgan haqni to‘lagan holda ushbu moddaning to‘rtinchi bandida ko‘rsatilganidan boshqa sabablarga ko‘ra shartnomani bajarishdan bosh tortganida;
ishonchli boshqaruvchi o‘zining majburiyatlarini tegishli darajada bajarmagan taqdirda shartnoma sudning qaroriga muvofiq bekor qilinganida;
qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bekor qilinganida ishonchli boshqarishda bo‘lgan mol-mulk, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqaruv muassisiga topshiriladi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi taraflardan birining tashabbusi bilan bekor qilinganida ikkinchi taraf, agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan bo‘lmasa, kamida uch oy oldin bundan xabardor qilib qo‘yilishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.25.00 Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi]

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling