Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.21.00 Omonat saqlash] 51-bob. Omonat saqlash


Download 1.93 Mb.
bet195/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   324
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.21.00 Omonat saqlash]
51-bob. Omonat saqlash
1-§. Omonat saqlash haqida umumiy qoidalar
875-modda. Omonat saqlash shartnomasi
Omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha bir taraf (omonat saqlovchi) unga ikkinchi taraf (yuk topshiruvchi) bergan ashyoni saqlash va bu ashyoni to‘la holida qaytarish majburiyatini oladi.
Omonat saqlashni o‘z kasb faoliyatining maqsadlaridan biri sifatida amalga oshiradigan tashkilot (professional omonat saqlovchi) omonat saqlash shartnomasida saqlovchining yuk topshiruvchidan ashyoni shartnomada nazarda tutilgan muddatda saqlashga qabul qilish majburiyati ko‘zda tutilishi mumkin.
876-modda. Ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatini bajarish
Omonat saqlashni tadbirkorlik yoki boshqa professional faoliyat sifatida amalga oshiradigan omonat saqlovchi omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga yuk topshiruvchining ashyolarini saqlashga qabul qilish va yuk topshiruvchi bergan narsalarni ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq saqlash majburiyatini olishi mumkin.
Omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatini olgan omonat saqlovchi bu ashyoni saqlash uchun o‘ziga berishni talab qilishga haqli emas. Biroq, ashyoni omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan muddatda saqlashga topshirmagan yuk topshiruvchi, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ashyoni saqlashga topshirmaganligi munosabati bilan yetkazilgan zarar uchun omonat saqlovchi oldida javobgar bo‘ladi.
Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ashyo shartnomada kelishilgan muddatda saqlashga topshirilmagan hollarda, bordi-yu, bu muddat belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch oy o‘tganidan keyin omonat saqlovchi ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatidan ozod etiladi.
877-modda. Omonat saqlash shartnomasining shakli
Omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak bo‘lgan hollarda (ushbu Kodeksning 108-moddasi) agar ashyoning saqlashga qabul qilinganligi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga saqlash tilxati, pattasi, guvohnomasini, omonat saqlovchi imzolagan boshqa hujjatni berish yo‘li bilan tasdiqlangan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Agar ashyo saqlash uchun favqulodda holatlarda (yong‘in, tabiiy ofat, to‘satdan kasal bo‘lish, hujum xavfi va boshqalar) topshirilgan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Omonat saqlash shartnomasi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga, agar bunga qonunchilikda yo‘l qo‘yilsa yoki u saqlashning ushbu turi uchun odatdagi hol bo‘lsa, ashyolar saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlaydigan nomerli jeton (nomer) yoki boshqa belgi berish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
(877-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Omonat saqlash shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik saqlashga qabul qilingan ashyo bilan omonat saqlovchi qaytargan ashyoning aynan o‘ziligi xususida nizo chiqqan taqdirda, taraflarni guvohlarning ko‘rsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum etmaydi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling