Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Tovar omborining omborda saqlash shartnomasidan bosh tortishi


Download 1.93 Mb.
bet207/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   324
907-modda. Tovar omborining omborda saqlash shartnomasidan bosh tortishi
Yuk topshiruvchi tovarning xavfli ekanligini yashirgan va bu katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hollarda tovar ombori omonat saqlash shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli.
908-modda. Ombor hujjatlari
Tovar omborlari tovarlarni saqlashga qabul qilganligini tasdiqlab, quyidagi ombor hujjatlarini berishi mumkin:
ikki qismli ombor guvohnomasi;
oddiy ombor guvohnomasi;
ombor pattasi.
Ikki qismli ombor guvohnomasi, uning har bir qismi va oddiy ombor guvohnomasi qimmatli qog‘ozlar bo‘ladi.
Ikki qismli va oddiy ombor guvohnomasi garov narsasi bo‘lishi mumkin.
909-modda. Ikki qismli ombor guvohnomasi
Ikki qismli ombor guvohnomasi ombor guvohnomasidan va garov guvohnomasidan (varrant) iborat bo‘lib, ular bir-biridan ajratilishi mumkin.
Ikki qismli ombor guvohnomasining har bir qismida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
tovarni saqlash uchun qabul qilgan tovar omborining nomi va joylashgan manzili;
ombor guvohnomasining ombor reyestri bo‘yicha joriy nomeri;
tovar saqlash uchun qabul qilib olingan tashkilot nomi yoki fuqaroning ismi, shuningdek tovar egasining joylashgan eri (yashash joyi);
saqlash uchun qabul qilingan tovarning nomi va miqdori –– birliklar soni va (yoki) tovar donalarining soni va (yoki) tovarning o‘lchovi (og‘irligi, hajmi);
agar muddat belgilangan bo‘lsa, tovar qancha muddatga saqlash uchun qabul qilinganligi yoki tovar talab qilib olinguncha saqlash uchun qabul qilinganligi;
omonat saqlaganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori yoki bu haqni hisoblab chiqarishga asos bo‘ladigan tariflar va saqlash haqini to‘lash tartibi;
ombor guvohnomasi berilgan sana.
Oldingi tahrirga qarang.
Ikki qismli ombor guvohnomasining ikkala qismida vakil shaxsning bir xil imzosi va tovar omborxonasining muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘lishi shart.
(909-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ushbu moddaning talablariga mos kelmaydigan hujjat ikki qismli ombor guvohnomasi bo‘la olmaydi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling