Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Mulkiy sug‘urta shartnomasi


Download 1.93 Mb.
bet210/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   324
915-modda. Mulkiy sug‘urta shartnomasi
Mulkiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sug‘urtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda boshqa tarafga (sug‘urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug‘urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sug‘urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni shartnomada belgilangan summa (sug‘urta puli) doirasida to‘lash (sug‘urta tovoni to‘lash) majburiyatini oladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi.
Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha quyidagilar sug‘urtalanishi mumkin:
muayyan mol-mulkning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfi;
fuqarolik javobgarligi xavfi — boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek shartnomalar bo‘yicha javobgarlik xavfi;
tadbirkorlik xavfi — tadbirkorning kontragentlari o‘z majburiyatlarini buzishi yoki tadbirkorga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlarga ko‘ra bu faoliyat shart-sharoitlarining o‘zgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
916-modda. Sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydigan manfaatlar
G‘ayriqonuniy manfaatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qimor, lotereyalar va garov o‘yinlarida ishtirok etishda ko‘riladigan zararni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urta shartnomalarining ushbu modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga zid bo‘lgan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling