Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Mol-mulkning sug‘urta qiymati


Download 1.93 Mb.
bet219/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   324
935-modda. Mol-mulkning sug‘urta qiymati
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta shartnomasini tuzish paytida taraflarning kelishuviga ko‘ra aniqlanadigan, sug‘urta manfaati bilan bog‘lanadigan mol-mulk qiymati, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qiymati (sug‘urta bahosi) deb hisoblanadi.
(935-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mol-mulkning shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta qiymati ustida keyinchalik nizolashish mumkin emas, shartnoma tuzilgunga qadar sug‘urta xavfini baholash bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanmagan sug‘urtalovchi bu qiymat borasida bila turib chalg‘itilgan hol bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi.
936-modda. To‘liq bo‘lmagan mulkiy sug‘urta
Agar mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug‘urtalash shartnomasida sug‘urta puli sug‘urta qiymatidan kam qilib belgilangan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganida sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) u ko‘rgan zararni sug‘urta pulining sug‘urta qiymatiga bo‘lgan nisbatiga mutanosib ravishda qoplashi shart.
937-modda. Qo‘shimcha mulkiy sug‘urta
Agar mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfi faqat sug‘urta qiymatining bir qismi miqdorida sug‘urtalangan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) qo‘shimcha sug‘urta qilishga, shu jumladan boshqa sug‘urtalovchida sug‘urta qilishga haqli, ammo barcha sug‘urta shartnomalari bo‘yicha umumiy sug‘urta puli sug‘urta qiymatidan oshib ketmasligi lozim.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalariga rioya etmaslik, ushbu Kodeksning 938-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling