Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Davlat tomonidan lotereyalar o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.93 Mb.
bet241/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   324
984-modda. Davlat tomonidan lotereyalar o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari
Lotereyalar tashkilotchisi — davlat, vakolatli davlat organidan ruxsatnoma (litsenziya) olgan shaxslar va lotereyalar ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomaga asoslanadi. Bunday shartnoma lotereya bileti berish orqali rasmiylashtiriladi va ishtirokchi lotereya bileti qiymatini to‘lagan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif lotereyalar o‘tkazish muddati va yutuqni aniqlash tartibi hamda uning miqdori haqidagi shartlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Lotereyalar tashkilotchisi ularni belgilangan muddatda o‘tkazishdan bosh tortgan taqdirda, lotereyalar ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan lotereyalarni qoldirish yoki ularning muddatini boshqa vaqtga ko‘chirish tufayli yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqli.
Lotereyalar o‘tkazish shartlariga muvofiq yutgan deb e’tirof etiladigan shaxslarga lotereyalarni o‘tkazish shartlarida nazarda tutilgan miqdorda, shaklda (pul yoki buyum holida) va muddatlarda, agar bu shartlarda muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, lotereyalar natijalari chiqarilgan paytdan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay lotereyalar tashkilotchisi tomonidan yutuq to‘lanishi lozim.
Lotereyalar tashkilotchisi ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, lotereyada yutgan ishtirokchi lotereyalar tashkilotchisidan yutuqni to‘lashni, shuningdek shartnomaning tashkilotchi tomonidan buzilishi tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom”, “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3310), O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 25-sentabrdagi 83-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tirajli lotereya o‘yinlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”.
(984-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-109-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling