Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha javobgarlik


Download 1.93 Mb.
bet41/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   324
477-modda. Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart.
(477-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 20-apreldagi O‘RQ-325-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 16-son, 176-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 24 — 35-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar energiya berishdagi uzilishlar quvvat va energiya yetishmasligi sababli energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan qonunchilik asosida iste’molni tartibga solish natijasida yuz bergan bo‘lsa, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot aybdor bo‘lgan taqdirdagina shartnoma majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarmagani uchun javob beradi.
(477-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
478-modda. Energiya ta’minoti shartnomasi qoidalarini tutashtirilgan tarmoq orqali ta’minlash borasidagi boshqa munosabatlarga nisbatan qo‘llash
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, tutashtirilgan tarmoq orqali issiqlik energiyasi bilan ta’minlash munosabatlariga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qo‘llanadi.
(478-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Issiqlik energiyasidan foydalanish Qoidalari”.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, tutashtirilgan tarmoq orqali gaz, neft va neft mahsulotlari, suv va boshqa tovarlar bilan ta’minlash munosabatlariga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qo‘llanadi.
(478-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Ko‘chmas mulkni sotish]

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling