Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi


Download 1.93 Mb.
bet80/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   324
573-modda. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bino yoki inshootni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoxud vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Agar ushbu Kodeksning korxonani ijaraga berish to‘g‘risidagi qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu paragrafning qoidalari korxonalar ijarasiga tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 579 — 586-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 15, 19 – 19.3-bandlari.
574-modda. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakli va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan bino yoki inshootni yoxud uning bir qismini ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
(574-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan “Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom”
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 16, 17, 17.1, 17.2-bandlari.
Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim va ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling