Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Bino yoki inshoot ijaraga berilganida ular joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar


Download 1.93 Mb.
bet81/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   324
575-modda. Bino yoki inshoot ijaraga berilganida ular joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga bunday ko‘chmas mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini topshirish bilan bir vaqtda yer uchastkasining ana shu ko‘chmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur qismiga bo‘lgan huquqlar ham topshiriladi.
Ijaraga beruvchi ijaraga berilayotgan bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lsa, ijaraga oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga bo‘lgan ijara huquqi yoxud bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq topshiriladi.
Agar ijaraga oluvchiga topshiriladigan tegishli yer uchastkasiga bo‘lgan huquq shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, yer uchastkasining bino yoki inshoot joylashgan va ulardan o‘z vazifasiga muvofiq foydalanish uchun zarur bo‘lgan qismidan foydalanish huquqi bino yoki inshoot ijaraga berilgan muddatga ijaraga oluvchiga o‘tadi.
Ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lmagan yer uchastkasida joylashgan bino yoki inshootni ijaraga berishga, agar bunday uchastkadan foydalanishning qonunda yoki yer uchastkasining mulkdori bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlariga zid bo‘lmasa, ushbu uchastka mulkdorining roziligisiz yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 18-bandi.
576-modda. Yer uchastkasi sotilganida undan foydalanish huquqining bino yoki inshootni ijaraga oluvchida saqlanib qolishi
Ijaraga olingan bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasi boshqa shaxsga sotilgan hollarda yer uchastkasining bino yoki inshoot joylashgan va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan qismidan foydalanish huquqi ushbu yer uchastkasi sotilguniga qadar amalda bo‘lgan shartlar bilan ana shu bino yoki inshootni ijaraga oluvchi shaxsda saqlanib qoladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling