Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Ishning sifati uchun pudratchining javobgarligi


Download 1.93 Mb.
bet123/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   324
681-modda. Ishning sifati uchun pudratchining javobgarligi
Pudratchi qurilish pudrati shartnomasida, texnikaviy loyihada va taraflar uchun majburiy bo‘lgan qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan chekinishga yo‘l qo‘yilganligi, shuningdek qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlariga, jumladan korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga erishilmaganligi uchun buyurtmachi oldida javobgar bo‘ladi.
Bino yoki inshoot rekonstruksiya qilinganida (yangilangan, qayta qurilgan, restavratsiya qilinganida va hokazo) binoning, inshootning yoki uning bir qismining mustahkamligi, barqarorligi, ishonchliligi pasaygani yoki yo‘qolgani uchun javobgarlik pudratchi zimmasiga yuklanadi.
Pudratchi buyurtmachining roziligisiz loyiha hujjatlaridan buyurtmachining jiddiy manfaatlariga ta’sir qilmaydigan tarzda ozgina chetga chiqish hollariga yo‘l qo‘yganligi uchun, basharti bu hol qurilishning sifatiga ta’sir etmaganligini isbotlab bera olsa, javobgar bo‘lmaydi.
682-modda. Qurilish pudrati shartnomasida sifat kafolatlari
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, pudratchi qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat muddati davomida shartnomaga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomondan qabul qilingan kundan boshlab o‘n yilni tashkil etadi.
Agar pudratchi kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar (nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning noto‘g‘ri ishlatilishi yoxud buyurtmachining o‘zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar ishlab chiqqan qo‘llanmaning noto‘g‘riligi, obyektni buyurtmachining o‘zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada ta’mirlamaganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu kamchiliklar uchun javobgar bo‘ladi.
Kafolat muddati pudratchi javobgar bo‘lgan kamchiliklar natijasida obyektdan foydalanish mumkin bo‘lmagan butun vaqtga to‘xtatib turiladi.
Kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 681-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buyurtmachi kamchiliklar aniqlangandan keyingi oqilona muddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling