Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Download 1.93 Mb.
bet120/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   324
673-modda. Ishga haq to‘lash
Buyurtmachi pudratchining bajargan ishi uchun smetada nazarda tutilgan miqdorda, qonun yoki qurilish pudrati shartnomasida belgilangan muddatda va tartibda haq to‘laydi. Qonun yoki shartnomada tegishli ko‘rsatmalar bo‘lmasa, pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun ushbu Kodeksning 638-moddasiga muvofiq haq to‘lanadi.
Qurilish pudrati shartnomasida ishlarga obyekt buyurtmachi tomonidan qabul qilinganidan so‘ng bir yo‘la va to‘liq hajmda haq to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandining ikkinchi – to‘rtinchi xatboshisi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
674-modda. Qurilish uchun yer uchastkasi berish
Buyurtmachi qurilish uchun yer uchastkasini qurilish pudrati shartnomasida ko‘rsatilgan kattalikda va holatda o‘z vaqtida berishi shart. Shartnomada bular ko‘rsatilgan bo‘lmasa, yer uchastkasining maydoni va holati ishning o‘z vaqtida boshlanishi, normal olib borilishi va muddatida tugallanishini ta’minlashi shart.
675-modda. Qurilish pudrati shartnomasidagi buyurtmachining qo‘shimcha majburiyatlari
Buyurtmachi qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bino va inshootlarni foydalanishga berishi, uning manziliga yuklarning tashib berilishini, vaqtinchalik elektr ta’minoti tarmoqlari, suv va bug‘ quvurlari o‘tkazilishini ta’minlashi va boshqa xizmatlar ko‘rsatishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorning 19-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshisi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling