Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini tekshirishi va nazorat qilishi


Download 1.93 Mb.
bet121/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   324
676-modda. Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini tekshirishi va nazorat qilishi
Buyurtmachi, pudratchining operativ-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, ishlarning bajarilishini va sifatini, ularni bajarish muddatlariga (grafikka) rioya etilishini, pudratchi bergan materiallarning sifatini, shuningdek buyurtmachining materialidan pudratchi to‘g‘ri foydalanayotganligini tekshirishga va nazorat qilishga haqli.
Buyurtmachi ishlarning bajarilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirayotganda qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan ishlar sifatini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan darajada chekinishni yoki boshqa kamchiliklarni aniqlasa, bu to‘g‘rida darhol pudratchiga xabar berishi shart. Buni xabar qilmagan buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni keyinchalik vaj qilib keltirish huquqini yo‘qotadi.
Agar pudratchi buyurtmachidan qurilish jarayonida olgan ko‘rsatmalar qurilish pudrati shartnomasi shartlariga zid bo‘lmasa va pudratchining operativ-xo‘jalik faoliyatiga aralashishdan iborat bo‘lmasa, pudratchi bunday ko‘rsatmalarni bajarishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni tegishli darajada bajarmagan pudratchi buyurtmachining bu ishlarni tekshirmagani va nazorat qilmaganini vaj qilib keltirishga haqli emas, qonunchilikda bunday tekshirish va nazoratni amalga oshirish buyurtmachining zimmasiga yuklangan hollar bundan mustasno.
(676-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
677-modda. Qurilish pudrati shartnomasidagi taraflarning hamkorlik qilishi
Agar qurilishni va u bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda qurilish pudrati shartnomasini tegishli darajada bajarishga to‘siqlar borligi ma’lum bo‘lsa, taraflarning har biri bunday to‘siqlarni bartaraf etish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taraf tegishli to‘siqlar bartaraf etilmaganligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bir taraf ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarish uchun qilgan xarajatlarni boshqa taraf to‘lashi lozim.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling