Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi va pul mablag‘lari asossiz o‘chirilganligi uchun bankning javobgarligi


Download 1.93 Mb.
bet160/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   324
785-modda. Hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi va pul mablag‘lari asossiz o‘chirilganligi uchun bankning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozga kelgan pul mablag‘lari hisobvaraqqa o‘z vaqtida kiritib qo‘yilmagan yoki bank hisobvaraqdan mablag‘larni asossiz ravishda o‘chirgan hollarda bank mijozning talabi bilan tegishli summani darhol hisobvaraqqa kiritib qo‘yishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bank o‘z vaqtida kiritilmagan yoki asossiz o‘chirilgan summaga ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq foizlar to‘lashi va zararning o‘rnini qoplashi ham shart. Bank hisobvaraqdan mablag‘larni o‘z vaqtida bermaganligi va mijozning hisobvaraqdan mablag‘larni o‘tkazish haqidagi farmoyishlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun ham javobgar bo‘ladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(785-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
786-modda. Bank siri
Banklar bank hisobvarag‘i va bank omonati, hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar hamda mijoz haqidagi ma’lumotlar sir saqlanishini kafolatlaydi.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar faqat mijozlarning o‘zlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin. Davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga bunday ma’lumotlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda berilishi mumkin.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar bank tomonidan oshkor qilingan taqdirda, huquqlari buzilgan mijoz keltirilgan zararning o‘rnini qoplashni bankdan talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi 216-I-son “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 9-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-fevraldagi PF-3968-son “Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bandi uchinchi xatboshisi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling