Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Hisobvaraqni tasarruf qilishning cheklanishi


Download 1.93 Mb.
bet161/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   324
787-modda. Hisobvaraqni tasarruf qilishning cheklanishi
Mijozning hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini tasarruf qilish huquqlarini cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini xatlash yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno.
788-modda. Bank hisobvarag‘i shartnomasini bekor qilish
Bank hisobvarag‘i shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda bekor qilinadi.
Bankning talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi quyidagi hollarda sud tomonidan bekor qilinishi mumkin:
mijozning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘lari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo‘lsa, agar bunday summa bank bu haqda ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa;
agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu hisobvaraq bo‘yicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan bo‘lsa.
Hisobvaraqdagi pul mablag‘larining qoldig‘i mijozning tegishli yozma arizasi olinganidan keyin kechi bilan yetti kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o‘tkaziladi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasining bekor qilinishi mijoz hisobvarag‘ini yopish uchun asos bo‘ladi.
789-modda. Banklarning hisobvaraqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bobning qoidalari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, vakillik hisobvaraqlariga, vakillik yordamchi hisobvaraqlariga, banklarning boshqa hisobvaraqlariga ham tatbiq etiladi.
(789-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-avgustda 3281-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling