Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi


Download 1.93 Mb.
bet215/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   324
926-modda. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi
Naf oluvchi foydasiga sug‘urta shartnomasi tuzish, shu jumladan u sug‘urtalangan shaxs bo‘lganda ham, sug‘urta qildiruvchini, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoxud sug‘urta qildiruvchining zimmasidagi majburiyatlar foydasiga shartnoma tuzilgan shaxs tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Naf oluvchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini yoxud shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lashni talab qilganida sug‘urtalovchi undan, shu jumladan sug‘urtalangan shaxs naf oluvchi bo‘lgan taqdirda ham, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni, shu bilan birga sug‘urta qildiruvchining zimmasida bo‘lgan, lekin u bajarmagan majburiyatlarni bajarishni talab qilishga haqli. Ilgari bajarilishi lozim bo‘lgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki o‘z vaqtida bajarmaslik oqibatlari xavfi naf oluvchining zimmasida bo‘ladi.
927-modda. Sug‘urta shartnomasining shakli
Sug‘urta shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim.
Bu talabga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
Sug‘urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga uning yozma yoki og‘zaki arizasiga binoan sug‘urtalovchi imzolagan, sug‘urta shartnomasining shartlarini o‘z ichiga olgan sug‘urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansiyasi)ni topshirish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Bu holda sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug‘urtalovchidan ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug‘urta mukofoti to‘lash yoxud –– sug‘urta mukofoti bo‘lib-bo‘lib to‘langanda — birinchi badalni to‘lash orqali tasdiqlanadi.
Sug‘urtalovchi shartnoma tuzish chog‘ida sug‘urtaning alohida turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi)ning o‘zi ishlab chiqqan standart shakllarini qo‘llanishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining to‘rtinchi – oltinchi xatboshilari.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling