Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Birgalikda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik


Download 1.93 Mb.
bet248/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   324
1000-modda. Birgalikda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Birgalikda zarar yetkazgan shaxslar jabrlanuvchining oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra va uning manfaatlarini ko‘zlab, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslarga hissali javobgarlikni yuklashga haqli.
1001-modda. Zarar yetkazgan shaxsga nisbatan regress huquqi
Boshqa shaxs (mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim, transport vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k) tomonidan yetkazilgan zararni to‘lagan shaxs bu shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan bo‘lsa, to‘langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 326, 338 , 340-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan “Notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 2-bandi.
Birgalikda yetkazilgan zararni to‘lagan zarar yetkazuvchi zarar yetkazuvchilarning har biridan jabrlanuvchiga to‘langan tovonning har bir zarar yetkazuvchining aybi darajasiga mos ulushini talab qilishga haqli. Aybning darajasini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda ulushlar teng baravar deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zararni to‘lagan davlat bunday shaxslarning aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hollarda, bu shaxslarga nisbatan regress huquqiga ega.
(1001-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplagan davlat sodir etilgan aybli harakatlari terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan shaxsga nisbatan to‘langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega.
(1001-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Ushbu Kodeksning 993 –– 996, 998-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha zararni to‘lagan shaxslar zarar yetkazgan shaxsga nisbatan qayta talab qilish (regress) huquqiga ega emas.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling