Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Chet el ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquq


Download 1.93 Mb.
bet322/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   324
1191-modda. Chet el ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquq
Chet el ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan yuridik shaxs ta’sis etilgan mamlakat huquqi qo‘llaniladi.
1192-modda. Qo‘llaniladigan huquqning amal qilish doirasi
Ushbu paragrafning qoidalaridan kelib chiqib shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquq:
shartnomaning talqinini;
taraflarning huquq va majburiyatlarini;
shartnomaning ijrosini;
shartnomani umuman yoki tegishli darajada ijro etmaslik oqibatlarini;
shartnomaning to‘xtatilishini;
shartnomaning o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligi yoki haqiqiy emas deb topilishi oqibatlarini;
shartnoma munosabati bilan talablarning bahridan o‘tish va qarzni o‘tkazishni qamrab oladi.
Ijro etish usullari va tartibiga, shuningdek tegishli darajada ijro etilmagan taqdirda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar borasida qo‘llanilayotgan huquqdan tashqari ijro amalga oshirilayotgan mamlakatning huquqi ham e’tiborga olinadi.
6-§. Shartnomadan tashqari majburiyatlar
1193-modda. Bir taraflama harakatlardan iborat majburiyatlar
Bir taraflama harakatlardan (mukofotni oshkora va’da qilish, o‘zganing maqsadini ko‘zlab topshiriqsiz amalga oshiriladigan faoliyat va boshqalardan) iborat majburiyatlarga nisbatan ushbu bo‘limning 4-paragrafi qoidalari qo‘llanadi.
1194-modda. Zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
Zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha huquq va majburiyatlar zararni undirishni talab qilish uchun asos bo‘lgan harakat yoki boshqa holat yuz bergan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanadi.
Chet elda zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha huquq va burchlar, agar fuqarolar yoki yuridik shaxslar ayni bitta davlatdan bo‘lsalar, shu davlat huquqi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab uchun asos bo‘lgan harakat yoki boshqa holat O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bo‘yicha g‘ayriqonuniy bo‘lmasa, chet el huquqi qo‘llanmaydi.
(1194-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1005-1016-moddalari.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling