602-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti
Doimiy yashash uchun yaroqli bo‘lgan alohida uy-joy (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismi) uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joyning yashash uchun yaroqliligi uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(602-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ko‘p kvartirali uydagi uy-joyni ijaraga olgan shaxs undan foydalanish bilan bir qatorda ushbu Kodeksning 211-moddasida ko‘rsatilgan mol-mulkdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
603-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shakli
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
(603-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 84-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksinig 25, 35, 76-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1591-moddasi.
604-modda. Uy-joyga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganida uy-joyni ijaraga berish shartnomasining saqlanishi
Ijara shartnomasi bo‘yicha egallab turilgan uy-joyga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi shartnomaning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib bormaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |