Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Download 1.93 Mb.
bet89/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   324
596-modda. Qo‘shimcha lizing
Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida shartnoma yuzasidan javobgar bo‘lib qolgani holda, lizing shartnomasi bo‘yicha olgan mol-mulkini lizing beruvchining roziligi bilan qo‘shimcha lizingga topshirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 27-noyabrdagi 289-son “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi Qarorining 11 – 11.2-bandlari.
597-modda. Lizing oluvchining majburiyati va javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, lizing oluvchi lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashi, mol-mulkdan uni yetkazib berish shartlariga muvofiq foydalanishi, uni soz holda saqlashi, o‘z hisobidan joriy ta’mirlash ishlarini bajarishi, saqlash bo‘yicha boshqa xarajatlarni amalga oshirishi shart.
(597-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Lizing shartnomasi bekor qilinganida lizing oluvchi mol-mulkni lizing beruvchidan olgan holatida uning normal eskirishini va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o‘zgarishlarni hisobga olib, qaytarib berishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing oluvchi lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni foizi bilan olishi mumkin.
(597-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing oluvchi o‘z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing beruvchi bo‘lajak lizing to‘lovlarini tezlashtirishni yoki garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga ega.
(597-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling