Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Sotuvchining javobgarligi


Download 1.93 Mb.
bet90/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   324
598-modda. Sotuvchining javobgarligi
Lizing oluvchi lizing shartnomasining narsasi bo‘lgan mol-mulkni sotuvchiga sotuvchi bilan lizing beruvchi o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni, xususan mol-mulkning sifati va butligi, uni yetkazib berish muddatlari haqidagi talablarni va shartnoma sotuvchi tomonidan zarur darajada bajarilmayotgan boshqa hollardan kelib chiqadigan talablarni qo‘yishga haqli. Bunda lizing oluvchi, mazkur mol-mulkning oldi-sotdi shartnomasidagi taraflardan biri bo‘lgani kabi, ushbu Kodeksda sotib oluvchi uchun nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi (sotib olingan mol-mulk haqini to‘lash majburiyati bundan mustasno). Biroq lizing oluvchi sotuvchi bilan oldi-sotdi shartnomasini lizing beruvchining roziligisiz bekor qila olmaydi.
Sotuvchi bilan bo‘ladigan munosabatlarda lizing oluvchi va lizing beruvchi solidar kreditorlar bo‘ladilar.
Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing beruvchi oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarning sotuvchi tomonidan bajarilishi uchun lizing oluvchi oldida javobgar bo‘lmaydi, sotuvchi tanlash bo‘yicha javobgarlik lizing beruvchining zimmasida bo‘lgan hollar bundan mustasno. Sotuvchini lizing beruvchi tanlagan taqdirda, lizing oluvchi oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni o‘z xohishiga qarab, solidar javobgar bo‘lgan mol-mulk sotuvchi oldiga ham, lizing beruvchi oldiga ham qo‘yishga haqli.
599- modda. Lizing obyekti boshqa mulkdorga o‘tganida lizing shartnomasining o‘z kuchida qolishi
Lizing bo‘yicha topshirilgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi lizing beruvchidan boshqa shaxsga o‘tganida lizing shartnomasi yangi mulkdor uchun o‘z kuchini saqlab qoladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 27-noyabrdagi 289-son “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
[OKOZ:

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling