Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining qoidalari
Download 165 Kb.
|
JAMOAT BIRLASHMALARI TO G RISIDA 223-XII 15.02.1991 (0)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-modda. Davlat va jamoat birlashmalari
4-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining qoidalari
Jamoat birlashmalari o‘z a’zolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi. Oldingi tahrirga qarang. Barcha jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida, boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish ko‘radilar. (4-moddasining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda) Fuqaroning jamoat birlashmasi faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki Qonunda ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos bo‘la olmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar, shuningdek mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy sug‘urta qildirish to‘g‘risidagi qonunchilik jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi. (4-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 5-modda. Davlat va jamoat birlashmalari Davlat jamoat birlashmalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi hamda Konstitutsiyaga muvofiq ular o‘z ustavlaridagi vazifalarni bajarishlari uchun shart-sharoit yaratilishiga kafolat beradi. Davlat yoshlar va bolalar tashkilotlariga moddiy va ma’naviy madad beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi, bolalar tashkilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalar binolaridan, klublardan, madaniyat saroylari va uylaridan, sport inshootlari va boshqa inshootlardan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish huquqini beradi. Qonunda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. LexUZ sharhi Mazkur Qonunning 20-moddasiga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Jamoat birlashmalari tashkilotlarining tadbirlari ular a’zolarining (qatnashchilarning) asosan ishdan bo‘sh vaqtida va mazkur birlashmalar mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. (5-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda) Oldingi tahrirga qarang. (5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda) Oldingi tahrirga qarang. Jamoat birlashmalari manfaatlariga daxldor masalalar qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular bilan kelishilgan holda davlat idoralari va xo‘jalik tashkilotlari tomonidan hal qilinadi. (5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 165 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling