6-modda. Respublika jamoat birlashmalari va boshqa jamoat birlashmalari
Oldingi tahrirga qarang.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi 664-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 363-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun jumhuriyat hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari jumhuriyat jamoat birlashmalariga kiradi. Bunda siyosiy partiyaning kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan kamida yigirma ming, kasaba uyushmasining esa, kamida uch ming a’zosi bo‘lishi kerak.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Viloyat, nohiya, shahar, posyolka va qishloq jamoat birlashmalari mahalliy jamoat birlashmalariga kiradi.
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun viloyat hududida, Toshkent shahrida esa butun shahar hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari viloyat, Toshkent shahar jamoat birlashmalariga kiradi.
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun nohiya (shahar) hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari nohiya (shahar) jamoat birlashmalariga kiradi.
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati posyolka, qishloq hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari posyolka, qishloq jamoat birlashmalariga kiradi.
Zarurat paydo bo‘lgan hollarda viloyatlararo va nohiyalararo jamoat tashkilotlari tuzilishi mumkin.
7-modda. Jamoat birlashmalarining ittifoqlari
Jamoat birlashmalari ixtiyoriylik asosida jamoat birlashmalarining ittifoqlariga uyushishga haqlidirlar.
Jamoat birlashmalarining ittifoqlari ushbu Qonunda jamoat birlashmalari uchun belgilab qo‘yilgan tartibda tuziladi, amal qiladi va o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va ro‘yxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatiga olish]
Do'stlaringiz bilan baham: |