Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari nodavlat notijorat tashkilotlarni yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Fuqarolik jamiyati sharoitlarida fuqarolarning turli tuman o’zaro munosabatlari va hamkorligi, ularning ixtiyoriy ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etishi jarayonlari asosan nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat bilan jamiyatning bir-birlaridan begonalashmasligi ham nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |