Фурқат тумани хтмфмттэбга қарашли 1-умумий ўрта таълим мактабида


Download 74.5 Kb.
bet1/3
Sana24.02.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1227391
  1   2   3
Bog'liq
ноябр ота-оналар




Furqat tumani XTBga qarashli 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida
ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONI.
2020- yil 21- noyabr Chekchuvaldoq shaharchasi.
Yig’ilish raisi: V. Haydaarova
Kotiba: G.karimova

Yig‘ilishda maktab rahbarlari, “Chekchuvaldoq” MFY raisi G Botirova , profilaktika inspektori A.Qambarov , 32 nafar o‘qituvchi va 135 nafar ota-onalar ishtirok etdilar.(karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazildi)




KUN TARTIBIDAGI MASALA:

  1. Maktab o’quvchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati, “Davomat”, “Tig’” tadbirlari, repititorlik kurslari to’g’risida.

  2. Maktab o’quvchilari o’rtasida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish to’g’risida.

  3. Voyaga yetmaganlar o’rtasida yo’l-transport hodisalari, yong’in xavfsizligi, jinoyatchilik, huquqbuzarlik va nazoratsizlik, odam savdosi holatlarini oldini olish to‘g‘risida.

ESHITILDI:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan maktab direktori O.Begmatov so’zga chiqdi va ota-onalarni farzandlarining an’anaviy tarzda ta’lim olishini istagan ota-onalar ularni maktabga belgilangan formada, o’quv qurollari bilan ta’minlangan holda karantin qoidalariga rioya qilib, o’z vaqtida darslarga kech qolmay yoki sababsiz kelmay qolmasliklarini ta’minlash, onlayn tarzda ta’lim olayotgan o‘quvchilar esa teledarslarni ko‘rib, vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari va sinf telegram guruhlariga tashlab berishlari uchun ota-onalar mas’ul hisoblanishlari haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Yu.Normatova o’z so’zida o’quvchilar onlayn dars bajarayotganini bahona qilib, dars vaqtida kompyuter xonalarida, bozorlarda yurishlarini oldini olish bo’yicha o’tkazilayotgan reydlar haqida gapirib o’tdi. O’quvchi darsga kelmas ekan uni dunyoqarashi pasayadi, turli insonlarning gaplariga ishonib ketaveradi. Mustaqilligimizni, tinchligimizni ko’ra olmaydiganlar o’zlarini g’arazli niyatlarini amalga oshirish uchun avvalo shunday bekorchi, dunyoqarashi past, nazoratsiz qolgan yoshlardan foydalanmoqchi bo’ladilar. O’z farzandlarimizni shunday insonlar domiga tushib qolmasliklarini oldini olish maqsadida doim ularni nazorat etish, maktabga kelishlarini, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, kelajakda yetuk inson bo’lib yetishishlari uchun dunyoviy bilimlarni egallashlari kerakligini tushuntirib borish kerakligini aytib o’tdi. O’quvchilarni bir kunda nima bilan shug’ullanishini sinf rahbarlari, ota-ona nazoratga olish uchun har bir o’quvchining kun tartibini belgilab qo’yish, ota-ona sinf rahbar bilan har kuni telefon orqali bog’lanib turishi kerakligi haqida o’z fikrlarini bildirdi.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari jamiyat hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda va o’z ta’sirini tobora kengroq ko’rsatmoqda.Bu esa o’z navbatida yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g’oyaviy immunitetni shakllantirish, bir so’z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlardan asrash masalalariga alohida e’tibor berish lozimligini ko’rsatmoqda.
SHu nuqtai nazardan ta’lim muassasalarining ichki tartib qoidalarini odob-axloqqa oid tamoyillar va xulq-atvor me’yorlari asosida takomilashtirish zaruriyati tug’ildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, amaldagi “Maktab ichki tartib-qoidalari”ning tarkibiy qismi sifatida yangi chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020- yil 28- maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 131-sonli buyrug‘i haqida tushunchalar berib, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ni o‘qib eshittirdi. Ma’lumki “odob-axloq qoidalari”ning asosiy maqsadi umumiy o’rta ta’lim maktablarida sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni shaklantirish,yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratishdan iborat ekanligi haqida gapirib o’tdi..


Kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqqan ota-onalardan D.Jo`rayev, S.Oripovalar ham o’z fikr-muloxazalarini bildirib o’tdilar. Uyda nazoratsiz qolgan farzanddan har xil nohush voqealarni sodir etishlari mumkinligi, shuning uchun ularni uyda olib qolmasdan, har doim maktabga yuborish kerakligi haqida aytishdi.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling