Mavzu: Elektromiografiya va elektroensefalografiya


Download 104.57 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi104.57 Kb.
#1046657
Bog'liq
Elektromiografiya va elektroensefalografiya

Mavzu: Elektromiografiya va elektroensefalografiya

  • Elektroensefalografiya (elektro... va yun. bosh miya va... grafiya) — bosh miya faoliyatini tekshirish usuli; bosh miyaning bioelektrik faolligini elektroensefalograf vositasida yozib olish. Bosh miyada sodir boʻladigan bioelektrik faol harakatlarni yozib olish mumkinligi va uni klinik ahamiyatini ilk marta nemis psixiatri Gans Berger aniqlagan
  • Miya ham oʻz faoliyatida, xuddi boshqa aʼzo va toʻqimalar singari, juda kichik elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil qilib turadi. Uni elektroensefalografda qayd etish mumkin. Buning uchun tekshirilayotgan odam boshiga plastinkasimon elektrodlar qoʻyilib, ular apparatga ulanadi, apparat miyaning biopotensiallarini yozib boradi.
  • Bemor boshiga elektrodlarni oʻrnatish sxemasi turlicha, eng qulayi bu Yuing usuli boʻlib, unda 12 elektrod ishlatiladi. Har xil chastotali toʻlqinlar, turli faza va amplitudalarni aks ettiruvchi egri chiziq — elektroensefalogramma (EEG) miyaning murakkab tuzilishidagi xususiyatlar, bosh miya poʻstlogʻidagi neyron va sinapslarnshk funksional holatiga qarab har xil koʻrinishda boʻladi. Elektroensefalografiya miyani nafaqat fiziologik, balki patologik holatlarini ham qayd qilishi mumkin.
  • Zamonaviy E. apparatlari koʻp kanalli (koʻp tarmokli) boʻlib, uning har bir kanali mustaqil kuchaytirish, filtrlash bloki (keraksiz toʻlqinlardan tozalash uchun va boshqalar), bosh miyaning barcha qismlaridan keragini tanlash uchun toʻplash (kommutator) bloki va oʻziyozar (siyohli) gʻaltakli galvanometr bilan taʼminlangan.
  • Hozirgi elektroensefalograf apparatlari 8—24, baʼzan 32 kanalli boʻlib, klinik diagnostikada 8 yoki 16 kanalligidan foydalaniladi; tekshiruv oʻtkaziladigan xona yorugʻ va tovushdan himoyalangan, tekshiruvchi yoki bemorga hech qanday taʼsirotlar xalal bermaydigan boʻlishi kerak. Shuningdek, uni bemorga (mijozga) mutlaqo bezarar va ogʻriqsiz ekanligi ham tushuntirilishi lozim.
  • Maʼlumki bosh miya biopotensiallari juda kichik, shu bois uni yozib olishda kuchli elektron kuchaytirgich (usilitel) zarur boʻladi.
  • Elektroensefalografiya ni monopolyar va biopolyar usullarda yozish hamda uni xohlagan kombinatsiyada amalga oshirish mumkin.
  • Elektroensefalografiya jarayonida turli funksional qoʻzgʻotish usullarini qoʻllash mumkin, bu sunʼiy qoʻzgʻotish bosh miyani faollashtirib, ayrim yuzaga chiqmayotgan "toʻlqinlarni" jonlantiradi, bu "chaqirilgan" elektrotoʻlqinlar orqali tegishli kasallikni aniqlasa boʻladi.
  • Elektroensefalografiya yozish paytida bemorni yoshi, umumiy ahvoli hamda kasallikning kelib chiqishi va boshqalar koʻpgina holatlarga ahamiyat berish lozim. E. shifokorga muhim maʼlumot berishiga qaramay, uni barcha klinik tekshirishlarga qoʻshimcha diagnostika usuli deb qarash mumkin.
  • Bioelektr potensiallar — tirik organizmlar va ularning ayrim hujayralarida paydo boʻladigan elektr potensiallar, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining eng muhim tarkibiy qismi. Bioelektr potensiallar — "xeyvon elektri" toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 18-asrning oʻrtalarida elektr baliklarining "zarba"larini oʻrganish tufayli paydo boʻldi. Bioelektr potensiallar toʻgʻrisidagi taʼlimotning asoschisi italiyalik olim L. Galvani hisoblanadi. L. Galvani bilan A. Volta "hayvonlar elektri"ni oʻrganib, elektr toki hosil qilishning yangi Volta usulini kashf etishdi va galvanik elementlar yaratildi (1791—97). Italiyalik K. Matteuchchi ilk bor (1837) galvanik elementlar yordamida Bioelektr potensiallar ni oʻlchab kurgan. 
  • Nemis olimi E. Dyubua Raymon muskul va nerv hujayrasi Bioelektr potensiallar ni oʻrganib, tinchlik holatida hujayraning ichki va tashqi muhiti oʻrtasida statsionar potensiallar farqi (tinchlik potensiali) mavjudligi, bu farq qoʻzgʻalish holatida qonuniy oʻzgarishini koʻrsatib berdi. 1868-yil Yu. Bernshteyn nerv tolalari boʻylab qoʻzgʻalishning tarqalishida sekundning bir necha mingdan bir qismida davom etadigan alohida potensial tebranishlarni oʻlchash metodini ishlab chikdi. A. Ye. Vvedenskiy nerv va muskullarda ritmik potensiallarni telefon yordamida eshitib koʻrdi (1883). Bioelektr potensiallar ni oʻrganish sohasidagi asosiy yutuklar elektronkuchaytirgich texnikasining fiziologik tekshirishlarga tatbiq etilishi bilan bogʻliq. Hujayra ichiga mikroelektrodlar kiritish usulining ishlab chiqilishi alohida tola yoki hujayra Bioelektr potensiallar ni oʻrganishga imkon beradi.
  • Kalmarlarning gigant nerv tolalaridan foydalanish orkali Bioelektr potensiallar generatsiyasi mexanizmi oʻrganib chiqildi. Bu tolalarning K+ va Na+ ionlariga nisbatan oʻtkazuvchanligini tekshirish asosida A. Xojkin, A. Haqsli va B. Kats 1947—52 yillarda harakat potensiali ion mexanizmini ochib berishdi va Bioelektr potensiallar ning membrana taʼlimotini yaratishdi. Hayvonlar Bioelektr potensiallar ni oʻrganish tirik sistemalardagi fizikkimyoviy jarayonlarni tushunib olishda hamda diagnostikada (elektrokardiografiya, elektroensefalografiya, elektromiografiya va boshqalar) katta ahamiyatga ega. Oʻsimliklar Bioelektr potensiallar tabiatan hayvonlarnikiga oʻxshash boʻladi 
  • Bos tomonidan kashf etilgan juda sezgir oʻzi yozadigan galvanometrlar oʻsimliklarning "dastxati"ni, yaʼni qoʻzgʻatuvchiga nisbatan hosil qilinadigan maxsus elektr javoblarini olishga, fizik va kimyoviy taʼsirotga oʻsimliklarning elektr reakdiyasini oʻrganishga imkon berdi. Iirik harasimon suv oʻtlari Bioelektr potensiallar ning ion tabiatini oʻrganishda klassik obʼyekt hisoblanadi.

Download 104.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling