"Furqat Jo’rayev Farxodjon öğli"yatt tarixi


Narxning rag‘batlantiruvchanlik xususiyatlaridan foydalanish


Download 0.78 Mb.
bet6/9
Sana22.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1041450
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
“Furqat Jo’rayev Farxodjon öğli”YATT tarixi

Narxning rag‘batlantiruvchanlik xususiyatlaridan foydalanish 

 Raqobat sharoitida bozor ulushini egallashda tovarlar narxining sotuv hajmiga ta’siri, xarajatlarning foydaga ta’siri yaqqol ko‘rinadi. Bunday sharoitda korxonaning asosiy vazifasi xaridorlarni o‘z tovariga jalb etish, doimiy mijozlar segmentini shakllantirish, yangi mijozlarni jalb etish, bozor ulushini ko‘paytirishga harakat qilish, xaridlar miqdori va qaytarilishini ko‘paytirishdan iborat. Marketologlar bunday sharoitda iste’molchilarni o‘rganib, qanday narxlar xaridlarning xarid qobilyatiga to‘g‘ri keladi, narxlarni tartibga solish orqali xaridorlarga ta’sir etish, jalb etishga harakat qilishlari kerak. Samarali narx siyosatini bularning barchasini inobatga olmasdan yuritish mumkin emas. Xaridor xulq-atvoriga bog‘liq bo‘lgan narx modeliga odatda, quyidagi konstruksiyalar kiritiladi:
Narxdan vujudga keladigan xaridor holati (emotsiyasi), narxga qiziqish, narxni qabul qilish va tovarga nisbatan baholash, narxga tayyorlik, narxdan qoniqishva h.k.
Bu alohida omillar o‘zaro juda bog‘liq bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos va ularni boshqarish mumkin. Bozorga borgan har qanday xaridor bir tovarni bir necha sotuvchidan uning narxini so‘rab tovarning o‘rtacha bahosini o‘zi uchun aniqlaydi. Narxning yuqori yoki pastligi albatta xaridor ruhiyatiga (tashqaridan ko‘rinmasa- da) ozmi, ko‘pmi ta’sir etadi. Mavsumiy tovarlarga, ma’naviy eskirgan tovarlarga chegirmalarning berilishi qisqa muddatda talabning oshishiga olib keladi. Xaridor- ga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning xarid qilish haqidagi qaroriga oson ta’sir etadi. Korxona do‘konlaridagi yuqori narxlar ba’zi xaridorlarni qoniqtirsa, boshqalarini do‘kondan tezroq chiqib ketishga undaydi. Shuning uchun bunday savdo markaz -larida chegirmalar qo‘yilgan tovarlarning «mavjudligi» qo‘shimcha, sovg‘a sifatida bir buyumni qo‘shib sotilishi ham iste’molchida ijobiy kayfiyatni tug‘diradi va xarid qilishga qiziqtiradi. 
Narxga bog‘liq bo‘lgan kayfiyatni turlicha namoyon etish mumkin. Masalan, narxga bog‘liq quvonch, xaridor o‘z imkoniyatiga mos kelgan narxda kerakli tovarni sotib oldi:
narx eyforiyasi – xaridor past narxda tovarni kechki bozorda, kunduzgi narxlarga nisbatan 10-15 % arzon sotib oldi.
Yoki «Korzinka. uz» da yangi yil arafasida «baxtli soat», 
“yangi yil sovg‘asi”aksiyasida sotib olingan tovarlari narxidan 10% chegirma qilinishi xaridor kayfiyatini ko‘tarishi tabiiy. 
Narxdan rag‘batlanish – hozirda ko‘pgina savdo markazlari ( “Аты-Баты”,«Korzinka.uz») da xaridor ma’lum miqdorda tovar sotib olsa, unga chegirma beradi yoki kartochka (jamg‘arib boriladigan) taqdim etadi. U har safar xarid qilganda xarid summasidan 1 % kartochkaga o‘tkaziladi yoki tovar xarid summasi belgilangan summaga yetsa, yoki ortsa 15% gacha chegirmalar beriladi. Narxdan stress hosil bo‘lish turli vaziyatlarda vujudga keladi. Mijoz kutmagan holda narxning haddan tashqari yuqoriligiga duch kelsa va shunga o‘xshash holatlar stressni yuzaga keltiradi. Narxning iste’molchi ruhiyatiga ta’siri psixologlar tomonidan o‘rganilgan, bu holat uning xarid qilish haqida qaror qabul qilishiga bevosita ta’sir etadi. Narx xaridor xulq-atvoriga ta’sir etuvchi, motivatsion omil bo‘lib hisoblanadi. Narx – navoga qiziqish, ma’lum tovarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan har xil narxlarda bozorga chiqarilishi raqobatni yanada kuchaytiradi. Xaridor narx haqida axborotlarni to‘plab o‘zi uchun qulay, xarid qobiliyatiga mos keluvchi narxda tovar sotib olishga harakat qiladi. 
Narxga qiziqishda 3 indikator ajratiladi.
1) narxning muhimligi;
2) alternativ (muqobil) narxni anglash;
3) narxlarni kuzatish. 
Xaridor uchun narx miqdori muhim indikator hisoblanib, xarid qilishda qaror qabul qilishga bevosita ta’sir etadi. Tovar narxini shakllantirishda narxning har bir komponenti (narx darajasi, chegirmalar, xarajatlarni moliyalashtirish va boshqalar) tovar nafliligini oshirishga ta’sir etadi. 
Alternaniv xaridlarni anglash – bunday talab holati xaridor bir necha xil bir iste’mol ehtiyojini qondiradigan tovarlardan eng optimal narxdagi va va naflilik darajasi yuqori bo‘lgan tovarlarni sotib olishga qaror qiladi. Variantlar qancha ko‘p bo‘lsa, qaror qabul qilish va optimal narxda tovar sotib olish oson kechadi. 
Narxni kuzatish–xaridor tomonidan ma’lum tovar bo‘yicha narx axborotini to‘plash, ularni solishtirish, narxning xarid qobilyatiga mos kelishiga qarab xaridor o‘zi uchun qaysi tovarni sotib olish haqida qaror qabul qiladi. 
Narxlarning turli darajada ekanligi, bir tovarning turli savdomarkazlarida 10-15% farq bilan sotilishi iste’molchida narxlarni kuzatish va axborotlar yig‘ishga qiziqishini vujudga keltiradi. Narxga qiziqishda to‘rt rag‘bat (motivatsiya) mavjud: 
1. Iste’mol ehtiyoji. 2. Ijtimoiy talablar. 3. Intilish. 4. Rag‘batli ish. 
Birinchi navbatda, narxga qiziqish iste’mol ehtiyojidan kelib chiqadi. Oilaning daromadi, oilaning katta — kichikligi narxga bo‘lgan qiziqishni vujudga keltiradi. Kam ta’minlangan oilalar uchun narxning pastligi eng muhim indikator hisoblanadi. Bu narsaga ikki tomonlama yondashish kerak. Cheklangan moliyaviy resurslarga ega oila, agar qimmat va sifatli mahsulotni olsa, u unga uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin. Masalan, qishki etikning sifatlisi 2-3 mavsumga yetadi.Arzoni esa bir kishi uchun bir mavsumga ham xizmat qilmasligi mumkin. Ijtimoiy ehtiyojlar narxga bo‘lgan qiziqish uyg‘onishning ikkinchi motivatsiyasi hisoblanidi.
Xaridorning ijtimoiy maqomi – uning ijtimoiy ehtiyojlarini tug‘diradi. Yaxshi yashashga intilish, yuqori turmush darajasini ta’minlash, qimmatbaho buyumlarni olishga qiziqish va hokazo. Juda ham band xaridorlarning narxni kuzatishga, solishtirishga vaqti yo‘q. Ular tezkor ravishda zarur, kundalik ehtiyojni qondiruvchi mahsulotlarni sotib oladilar va kundalik majburiyatlardan xoli bo‘ladilar. Bunday xaridorlarda narxni kuzatish, unga qiziqish holati nisbatan kam bo‘ladi. Iste’molchilarning turli segmentlari o‘zlari uchun narxdan motivatsiyalashda individual yondashadilar. Bu yerda narxlarni differensiyalash, turli segmentlarga moslashtirish, ishlab chiqarish korxonalari tovar assortimenti, ularning narx siyosatini diversifikatsiyalash talab etiladi. Narx siyosati va narxlarning shakllanishi bozor sharoitida turli iste’molchilar segmentiga moslashtirilgan holda korxonalar tomonidan olib borilishi uning bozorda mustahkam pozitsiyani egallashga va turli iste’molchilar segmentidan iborat mijozlarni o‘ziga jalb qilishga olib keladi. Daromad darajasining, turmush tarzining o‘sishi yuqori sifatli «Lyuks» sinfli tovarlarga talab o‘sishini ko‘rsatmoqda. Axborot bilan ta’min-langanlik, yangi tovarlar haqidagi ma’lumotlarning Super va Gipermarketlardagi ko‘zga tushadigan joylarga o‘rnatilgan axborot taxta (doska) chalari xaridorlarni o‘ziga tez jalb qilib, ularda tovarga nisbatan qiziqish uyg‘otaddi. Empirik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar narxiga bo‘lgan qiziqish borgan sari o‘sib bormoqda. Narxi qimmat bo‘lsa ham o‘ta sifatli brend markali tovarlarning xaridori ko‘paymoqda. Shuning uchun ham zamonaviy bozor sharoitida marka nomiga sodiq xaridorlar segmenti uchun maxsus «Adidas», «Mexx», «Samsung» kabi savdo markazlari xaridorlarni maqsadli ravishda o‘zlariga jalb etadilar va u do‘konlardan mijozlar xaridsiz chiqmaydilar. «Elektron savdoning» avj olishi, Internet do‘konlarining chet mamlakatlaridan ham xarid qilish imkoniyatini berayotgani, tovarlarlar narxining differensialligi va chegirmalarning mavjudligi savdo jarayonlarini faollash- tirmoqda. Narx siyosatining bozor sharoitidagi o‘ziga xosligi, xaridorlarning narx navoga qiziqqonligi turli iste’molchilar segmentida turlicha kechadi. Agar tovarning naflilik darajasi, sifati, qadoq shakli, unga tavsiya etilgan servisning yuqoriligi iste’molchini jalb qila olsa, u xaridor sifatida uning narxiga ikkinchi darajada ahamiyat beradi. Narx haqida ma’lum bilimlarga ega bo‘lish, xaridorlarda turli emotsional holatlarga tayyor bo‘lishga va o‘ylab optimal qaror qabul qilishga olib keladi. Tovarlar narxi haqidagi bilimlar kognitiv jarayonlar natijasida to‘planadi. Narx – navoga tegishli bilimlar iste’molchida uning xotirasida uzoq vaqt jamlanib shakllanadi. Bunday bilimlar (axborotlar) xaridor uchun subyektiv darajada muhim bo‘lib, narxiga loyiq tovar sotib olishda ahamiyatli hisoblanadi. Narxga oid bilimlar xaridor tomonidan quyidagicha xarakterlanadi: 
Mazmunan (obyektlar va narxga tegishli axborotlar sifati), hajm (narxga oid axborot hajmi) aniqlik, axborotni to‘plash, 
Narx haqida fikr yuritilayotganda uning qaysi determinantlari qanday funksiyalarni bajaradi: 
birinchidan, narx haqida bilimlar ratsional xarid asosi hisoblanib, to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi,
ikkinchidan narx ma’lumotlari tahlili yana qanday ma’lumotlar kerakligini bildiradi. 
Narx haqida bilimlarning o‘lchami uchun quyidagilar zarur: narxlar bo‘yicha savolnomaga qatnashganlar narxlarni o‘zlari erkin ravishda eslashlari, javoblarning aniqligi, savolnoma o‘tkazish muddati, savolnomaga kiritilgan mahsulotlar, do‘konlar (do‘konga qatnash chastotasi (tez-tez qaytarilishi). Mahsulotlar artikuli, turli do‘konlardagi narxlar darajasi ham tadqiq qilinishi kerak. Iste’molchi uchun mos keladigan tovar «savati» (iste’mol savati)ni shakllantirish asosiy muammo bo‘lib hisoblanadi. Bu savatga qancha va qanday mahsulotlar kirishi kerak. 
• Tanlangan mahsulotlar barcha do‘konlarda sotiladimi? Agar siz xohlagan artikul do‘konda umuman bo‘lmasa, yoki sizga boshqa artikuldagi tovar tavsiya etilsa, nima qilish kerak? 
• Savolnomaga qatnashayotganlar uchun artikullar birday ahamiyatga egami? Ular oila «budjetini» qay darajada yuklaydilar? 
• Do‘konning narx siyosati uchun narxlar ko‘tarilgan davr reprezintativ hisoblanadimi? 
Shunday qilib, narxga qiziqish, narx siyosatini bilish, narxga oid axborotlarga ega bo‘lish, narxga bog‘liq ruhiy holatlarning yuzaga kelishi ham amaliy jihatdan juda qiziq va tovarni sotilish hajmi korxona foydasiga bevosita ta’sir etuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. 
Narxlarni qabul qilish. Narxlarni xaridor tomonidan qabul qilinishi yuqori darajada subyektiv bo‘lib, u yoki bu darajada real voqelikdir. Bitta markalar bir joy Bir donasi narxi Bir necha marka bir necha sotish joyi Turli markalar bo‘yicha Turli xarid obyektlari bo‘yicha Turli do’konlar bo‘yicha Tavsiya qilingan narx Narxni kelishish Turli muddatlar bo‘yicha Narx bilimlari Narxni taqsimlash Narxni baholash bazasi .
Narx siyosati doirasida, narxlarning qabul qilish sohasida psixologiya nazariyalari, moslashish nazariyalari, assimetriya va kontrast nazariyasi, istiqbol nazariyalaridan foydalaniladi. Narxlarni qabul qilish, deganda individum orqali narx haqidagi ma’lumotni sensorli ravishda qabul qilish tushuniladi. Natijada xaridor tomonidan ijobiy yoki salbiy, ruhiy holat yuzaga keladi. Narxlarni his qilish turli xaridorlarda turlicha namoyon bo‘lib, bir xil mahsulotga bir xaridorda uni sotib olish qarori shakllansa, ikkinchi boshqa pastroq narxdagi xuddi shunday tovarni qidirishga tushadi. Xaridor xulq–atvori juda ko‘p shaxsiy – ichki va tashqi omillarga bog‘liq. Xarid qobilyati muhim omil hisoblanadi va narx hissiyotiga bevosita ta’sir etadi. Albatta puli ko‘p xaridor uchun xarid qilsh kam ta’minlangan, puli cheklangan xaridorga nisbatan juda oson va tez kechadi. U narxlarni bozor bo‘yicha o‘rganmasdan eng sifatli va qimmat tovarni tezda xarid qiladi va aksincha, puli cheklangan va oz pulga ko‘p narsa olishi kerak bo‘lgan xaridor arzon narxlarni qidiradi. Axir u barcha iste’mol ehtiyojini cheklangan holda bo‘lsada qondirishi kerak. 
Fiziologik ehtiyojlarni qondirish birinchi navbatda turadi. Narxni qabul qilishga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
1. Motivatsion (rag‘batlantiruvchi) omillar: shaxsiy ishtirok, ijtimoiy tan olinganlikka intilish sifati, qulaylikka, iqtisodiy jihatdan naflilik ko‘rsatkichlari iste’molchida rag‘batni motivatsiyani) shakllantiradi. 
2. Kognitiv omillar: sifat jihatdan to‘g‘ri baholashga layoqatlilik, zehnning o‘tkirligi axborotlarning ko‘pligi, narxga oid bilimlarga egalik), aqliy salohiyat, tajriba, sotuvchiga ishonch, o‘ziga ishonch, markaga sodiqlik va boshqalar. 
3. Vaziyatli omillar: narxni taklif etish usuli (shakli, narx strukturasi) to‘lov shakli, vaqt bosimi, raqobatchi takliflari va narxlari, xaridorning kopmleks muammolari, narxlarning o‘zgaruvchangligi, narx etiketkalarining mavjudligi, mahsulotni ishlatishdan maqsad,xaridorning xarid qobilyati, sotish joyi (Gipermarket yoki oddiy chakana savdo do‘koni) ning narx imiji. 
Xaridorlarning xarid qobilyati va tovarga nisbatan ishonchliligi narxdan o‘zi uchun kerakli mahsulot yoki xizmatni sotib olishga tayyorligi ta’sir etuvchi determinantlar hisoblanadi. Potensial iste’molchilarni so‘rovnoma qilib ularning narxga nisbatan xaridga tayyorligi aniqlanadi. Shu bilan birga narx ostonasi ham aniqlanadi. Agar narx ostonasi yuqori darajadan o‘tib ketsa xaridor u tovarni sotib olmaydi. Individual xarid ehtimolligi nolga teng bo‘ladi. Narxning absolyut quyi chegarasi xaridorda tovar sifatiga shubha uyg‘otadi. Natijada xaridorlar past narxdagi mahsulotni boshqa sotib olmaydilar. Xaridorlarning bunday xulq-atvori, ma’lum sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular juda arzon tovarni olib tavakkal qilishdan qo‘rqishlarini ko‘rsatadi. Narxlarning uch turi (ostonasi) farqlanadi:
Silliq narxlar yaxlit raqam bilan tugaydi (masalan,75000 so‘m); yaxlitlangan narxlar ya’ni 
63 ming 480 so‘m= 63 ming 500 so‘m; siniq narxlar ko‘pincha 9 raqami bilan tugaydi (32,999 so‘m).
Savdo do‘konlarida chegirmalar vaqtida yaxlit narxlar, juda oz kamaytirilib oxirgi raqamlari (5,999) bilan tugaydi. Masalan 6,800 turgan tovar (5,999 ga pasaytirilib) 5 raqami xaridor e’tiborini jalb qiladi, narx pasayibdi, deb xaridor shu tovarni sotib oladi. 
Amalda har bir xaridor bunday narxlarga duch keladi. Raqamlar bir qarashda 1 birlikka kamayganday ko‘rinsada, aslida 0,5 – 0,7 birlikka kamaygan bo‘ladi. Narx «ostonasi» samarasi quyidagilar bilan izohlanadi. 
• iste’molchilar narx shkalasini diskret kategoriyalarda o‘zlari uchun bo‘ladilar (masalan 5000 so‘m o‘rniga 4,899— beshdan kam). 
• iste’molchilar o‘zlarining subyektiv maksimal narxlarini yaxlitlangan raqamlarda belgilaydilar (masalan uchdan (3) past, 5 dan yuqori). 
• xaridorlarda yaxlit narxlardan ko‘ra siniq narxlarda tovar olganda iqtisod qildim, deb o‘ylaydilar. 
• birinchi raqamni iste’molchilar kuchliroq his etadilar. 10 o‘rniga, 9,95. 
Shunga qaramasdan ba’zi tadqiqotchilar siniq narxlarning mahsulot sifatini xaridor tomonidan to‘g‘ri his etilishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadilar (imij - samara). 
Siniq narxlarning shakllanishi bozor iqtisodiyoti amaliyotining mahsuli bo‘lib, iste’molchi xulq- atvoriga tez ta’sir ko‘rsatishi va supermarketlarda savdo aylanmasining keskin oshishiga olib kelishi amalda o‘zini oqlayapti (Korzinka.uz., Megaplanet, Makro va boshqalar). 
Xaridor tomonidan narxning ijobiy qabul qilinishi uchun narx optikasi qo‘llaniladi. Narx optikasi, deganda sotuvchi tomonidan tovar narxi, reklamasi, narxni kelishish kabi chora – tadbirlardagi barcha urinishlar tushuniladi. Narxning iste’molchi tomonidan qabul qilinishiga turli omillar ta’sir etadi. Shu omillar ta’siri ostida xaridorning xarid xulq-atvori shakllanadi. 
Iste’molchining xarid xulq-atvoriga quyidagi omillar turlicha ta’sir ko‘rsatadi. 
• komplekt uchun yagona (umumiy) narxning qo‘yilishi, uning har bir alohida qismi uchun qo‘yilgan narxga nisbatan ijobiy qabul qilinadi. 
• komplektga qo‘yilgan chegirma, uning har bir alohida qismi uchun qo‘yilgan chegirmada narx iste’molchi tomonidan yaxshiroq his etiladi. 
• mahsulotning naflilik darajasi ko‘rsatilganda uning har bir ingrediyentining foydaliligi ko‘rsatilsa iste’molchini ko‘proq jalb etadi. 
• soliq stavkalarining o‘sishi bilan narxlarning keskin o‘sishi, narxni o‘z-o‘zdan ko‘p marta oshirilganidan yaxshiroq his etiladi. 
• bir necha marta oz-ozdan narxning pasaytirilishi, bir marta ko‘p pasaytirilgandan ko‘ra xaridorga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
• yuqori narxlarda tovarga kichik «sovg‘a» qo‘shib sotish ham iste’molchini o‘ziga jalb etadi (avtomat kir yuvish mashinasiga, dazmol yoki changyutgich qo‘shib berish, juda ham qiziqarli). 
• kreditga maishiy - texnika tovarlarini sotish. 
• naqd pul oqimi kamligida pul o‘tkazish yo‘li bilan, plastik kartochkalar orqali to‘lovni oshirish ham iste’molchini yetarli jalb qilish hisoblanadi. 
Yuqoridagi narxlarning shakllanishi xususiyatlari bozor sharoitida iste’molchi xulq-atvoriga ta’sir etib, uning xarid qilish haqida qaror qabul qilishida muhim omil hisoblanadi. 
Xaridorlarning narxdan yuqori darajada qoniqqanligi korxona marketingining bosh vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Xaridorlarning yuqori darajada qoniqishi korxona ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, foydaning ko‘payishiga olib keladi. Iste’molchilarning qoniqqanligini tadqiq qilishda, avvalo, tovarning iste’molchiga qanchalik foyda keltirgani, ya’ni naflilik darajasi bilan baholanadi. Bunday tadqiqotlarda tovar narxiga ikkinchi darajali sifatida qaraladi. Korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.
Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tashkil topishi korxonalar faoliyati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi,chunki u mazkur sharoitda faoliyatga joriy etilmagan ishlab chiqarishishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni o'z vaqtida aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashda muhim ro'l o'ynaydi. Foydalanilmagan resurslarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotini, qolaversa, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Moliyaviy faoliyat tahlili deb nimaga aytiladi?
Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar,
Buxgalteriya hisobi va bosgqa axborotlarning malumotlari asosida o'rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi.
Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo'lib korxonalar moliyaviy holati tahlili hisoblanadi. Korxona moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to'lovga qodirligi, o'z mablag'lari bilan ta'minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko'rsatkichlar darajasini o'rganish va tahlil qilish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko'rsatkichlarni o'z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart sharoitlar yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling