"Furqat Jo’rayev Farxodjon öğli"yatt tarixi
Korxonaning moliyaviy barqarorligi tahlili
Download 0.78 Mb.
|
“Furqat Jo’rayev Farxodjon öğli”YATT tarixi
Korxonaning moliyaviy barqarorligi tahlili
Moliyaviy barqarorlik ahvolini o'rganish va tahlil etishning asosiy Manbai buxgalteriya balansi-netto hisoblanadi U+Z+P+D=O'+Q+B+K Bunda: U-uzoq muddatli aktivlar Z-Tovar moddiy zahiralar (moddiy aylanma mablag'lar) P-pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlar D-debitorlik qarzlari O'-o'z mablag'larining manbalari Q- uzoq muddali qarzlar va kreditlar B-banklarning va boshqa tashkilotlarning qisqa muddatli kreditlari va qarzlari K- kreditorlik qarzlari Ushbu modeldagi Z+P+D belgilari joriy aktivlarni, Q+B+K belgilari esa majburiyarlarni bildiradi Buxgalteriya balansi-netto modelidan ko'rinib turibdiki, aktivlar (xo'jalik mablag'lari ) ikki manba hisobiga, ya'ni o'z va qarz mablag'lari hisobiga tashkil topadi. Qarz mablag'lari o'z navbatida 2ga bo'linadi Uzoq muddatli majburiyatlar Qisqa muddatli majburiyatlar Uzoq muddatli majburiyatlar asosiy vositalarni tashkil topish manbalaridan biri bo'lib hisoblanadi . Qisqa muddatli majburiyatlar joriy aktivlarni tashkil qilish manbalaridan biridir. Demak joriy aktivlar ikki manba hisobiga tashkil bo'ladi. Buni yuqorida keltirilgan buxgalteriya balansi netto modelidan foydalanib, aniqlash mumkin Z+P+D=(O'+Q-U)+B+K Bu formuladan xo'jalikning joriy aktivlari ikki manba hisobiga, ya'ni o'z joriy aktivlari manbalari (O'+Q-U) bilan qisqa muddatli qarzlari (B+K) hisobuga tashkil bo'lishligi ko'rinib turibdi. Moddiy aylanma mablag'lari hajmi korxonaning o'z aylanma manbalari bilan to'la qoplansa yoki oshsa, korxona moliyaviy barqaror xo'jalik bo'lib hisoblanadi, ya'ni u qisqa muddatli majburiyatlarni uzish imkoniyatlariga ega bo'ladi. Buni quydagicha ifodalash mumkin. Z<="" p=""> Agar o'z ayalnma mablag'larini tashkil etuvchi manbalar summasi tovar moddiy zahiralar summasiga teng bo'lsa (Z=O'+Q-U), pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar va debitorlik qarzlari birgalikdagi jami summasi (P+D) Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar bilan kreditorlik qarzlarining jami summasiga (B+K) teng bo'ladi P+D=B+K Agar o'z aylanma mablag'larini tashkil etuvchi manbalar summasi tovar moddiy zahiralar summasidan oshsa (Z<="" p=""> majburiyatlar jami summasidan (B+K) katta bo'ladi. P+D>B+K Moddiy aylanma mablag'larini tashkil etuvchi manbalar, o'z navbatida 2gz bo'linadi. 1.O'z aylanma mablag'larining manbalri 2.Moddiy aylanma mablag'larni tashkil qiluvchi asosiy manbalar Korxona o'z aylanma mablag'larini aniqlash uchun o'z mablag'larining manbalariga (O') uzoq muddatli qarzlar va kreditlarni(Q) qo'shib ularning jami summasidan uzoq muddatli aktivlar summasini (U) chegirib tashlash kerak. Z(o') =O'+Q-U Bunda Z(O') – o'z aylanma mablag'lari manbalari summasini bildiradi. So'ngra ushbu ko'rsatkichni mavjud tovar moddiy zahiralar hajmiga solishtirish orqali moliyaviy barqarorlik darajasi tahlil qilinadi Buning uchun manbalar summasidan mavjud zahiralr summasi chegirib o'zgarishi (kam yoki ko'pligi) aniqlanadi, xulosa qilinadi. Korxonaning moddiy aylanma mablag'larining tashkil bo'lishida o'z ayalnma mablag'lari bilan bir qatorda qarz mablag'lari, birinchi navbatda , qisqa muddatli bank kreditlari ishtirok etadi. Shu manbalar yig'indisi asosiy manbalar tushunchasini beradi. Buni quydagicha ifodalash mumkin. Z(O')+B=(O'+Q-U)+B Bunda B- banklar va boshqa tashkilotlarning qisqa muddatli kreditlari va qarzlari Asosiy manbalarni jami summasini mavjud aylanma mablag'lar summasiga (Z) solishtirib, O'zgarishi ko'p yoki kamligi aniqlanadi, natijada ushbu ko'rsatkichlar orqali xo'jalikning moliyaviy barqarorligi ahvoliga baho beriladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling