"Furqat Jo’rayev Farxodjon öğli"yatt tarixi
Moliyaviy natijalar va rentabillik ko'rsatkichlar
Download 0.78 Mb.
|
“Furqat Jo’rayev Farxodjon öğli”YATT tarixi
Moliyaviy natijalar va rentabillik ko'rsatkichlar
Moltyaviy natija foyda bo'lsa ham, zarar bo'lsa ham ularni aniqlash usullari bir xildir. Shuning uchun ularni aniqlashni 'foyda' ko'rsatkichi misolida ko'rib chiqamiz. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda qanday aniqlanadi? Mahsulotlarni sotishdan olingan sof pul tushumlaridan (SPT) sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tan narxi (TN) chegirib tashlash orqali yalpi foyda aniqlanadi. YF=STP-TN Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining foydasi qanday aniqlanadi? Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydadan (YF) davr xarajatlari (DX) bilan asosiy faoliyatning boshqa operatsion xarajatlarini (BX) ayirish va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini (BD) qo'shish orqaliasosiy faoliyat foydasi (AFF) aniqanadi. AFF=YF-DX-BX+BD Umum xo'jalik faoliyatining foydasi qanday aniqlanadi? (UXF) Asosiy faoliyat foydasiga (AFF) moliyaviy faoliyat daromadlarini (MFD) qo'shib moliyaviy faoliyat bo'yicha bo'lgan xarajatlarni (MFX) ayirib tashlash orqali umumxo'jalik faoliyatining foydasi (UFX) aniqlanadi. UXF= AFF+MFD-MFX Moliyaviy faoliyat daromadlariga quydagi daromadlar kiradi Dvidentlar shaklidagi daromad Foizlar shaklidagi daromad Uzoq muddatli (Lizing) dan daromad Valyuta kursi farqidan daromadlar Boshqa daromadlar Moliyavi faoliyat xarajatlariga quydagilarni kiritishimiz mumkin 1.Foiz shaklidagi xarajatlar 2.Uzoq muddatli ijara (LIZING )bo'yicha foiz shaklidagi xarajatlar 3.Valyuta kursi farqidan zararlar 4.Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar Soliqlar to'langunga qadar bo'lgan foyda (STF) qanday aniqlanadi? Bu foyda umumxo'jalik faoliyati foydasiga (UXF) favqulotda yuzaga kelgan foydani (FF)qo'shish va favqulotda yuzaga kelgan zararni (FZ) chegirib tashlash orqali aniqlanadi. STF=UXF +FF-FZ. Hisobot davrining sof foydasi qanday aniqlanadi? Sof foydani (SF) aniqlash uchun soliq to'langunga qadar bo'lgan foydadan (STF) daromad solig'ini (DS) hamda foydadan to'lanadigan boshqa soliq va yig'imlarni (BS) chegirib tashlash kerak. SF=STF – DS—BS Rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning moliyaviy faoliyatining samaradorligini ifodalovchi nisbiy koeffitsiyentlardir. Ular korxonaning daromadliligini, foydaliligini ifodalaydi. Rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning u yoki bu holati bo'yicha foydalilik darajasini ta'riflash va ularga baho berish uchun ishlatiladi.Rentabellik darajasi bir so'mlik mablag'lar, xarajatlar va fondlar qiymatiga nisbatan olingan foyda hajmini ifodalaydi. Agar ushbu ko'rsatkich darajasi oshib borsa, foydalilikning oshib borishini bildiradi. Hozirgi vaqtda rentabellik ko'plab ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Shulardan asosiy ko'rsatkichlardan bo'lib quydagilar hisoblanadi. Sotilgan mahsulotlar rentabelligi Asosiy vositalar rentabelligi Aktivlar rentabelligi Xususiy kapital rentabelligi Permanent kapital rentabelligi Sotilgan mahsulotlar rentabelligi. Buni (R(m))aniqlash uchun mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foydani(Yf )100% ga ko'paytirib, sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tan narxiga (TN) bo'lish kerak. Rm = Yf*100/TN Bu rentabellik xarajatlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichdir ya'ni 1 so'mlik qilingan xarajatga qancha foyda olinganligini ko'rsatadi. Asosiy vositalar rentabelligi. Bu hisobot davridagi sof foydani (SF) 100%ga ko'paytirib, asosiy vositalarning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish orqali aniqlanadi R AV= SF*100/AIF Bunda AIF- asosiy ishlab chiqarish vositalarining o'rtacha yillik qiymati Bu rentabellik asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalaydi. Aktivlar rentabelligi. Buni (Ra) aniqlash uchun soliq to'lagunga qadar bo'lgan foydani (STF)100%ga ko'paytirib, natijasini uzoq muddatli aktivalar (UA) bilan aylanma aktivlar (AA) summasining jamiga (Yani balansning jamiga) bo'lish kerak Ra= STF*100/(UA+AA) Aktivlar rentabelligi hisobot davrida 1so'lik asosiy vositalar bilan aylanma mablag'lar hisobiga nechcha so'mlik foyda olinganligi anglatadi. Xususiy kapital rentabelligi. Buni (RXK) aniqlash uchun xo'jalikning hisobot yilidagi sof foydasini (SF) ni 100% ga ko'paytirib, ularning summasini xususiy kapital (XK)ning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish kerak. Rxk= SF*100/XK Bu ko'rsatkich 1 so',lik xususiy kapital hisobiga necha so'mlik sof foyda olinganligini ko'rsatadi. Ya'ni xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligini ifodalaydi. Permanent kapital rentabelligi. Bu rentabellikni (Rpk) aniqlash uchun korxonaning sof foydasini (SF) permanent kapitalning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish kerak. Rpk= SF* 100/PK Korxonaning xususiy kapitali bilan uzoq muddatli qarz kapitali birgalikda permanent kapitalni tashkil qiladi. Demak Permanent kapital rentabelligini quydagicha ifodalash mumkin. Rpk= SF*100/XK+QK Bunda XK—xususiy kapital QK—uzoq muddatli qarz kapitali Permanent kapital rentabelligi koeffitsiyenti xususiy va uzoq muddatli qarz mablag'larining 1 so'miga qancha sof foyda to'g'ri kelishligini ko'rsatadi. Ishlab chiqarish korxonalarining mehnatsalohiyatini baholash ko’rsatkichlari Iqtisodiy adabiyotlarda fan sohasining kadrlar salohiyati mehnat salohiyatining ajralmas qismi sifatida ko’riladi.Mazkur ikki kategoriyaning umumiy va bir-biridan ajratib turuvchi belgilari mavjud. "Mehnat salohiyati" tushunchasini ikki jihatdan: -ham statistik ko’rsatkichlar, ham iqisodiykategoriyasifatidako’riladi. Statistik ko’rsatkich sifatidagi mehnat salohiyati iqtisodiyotda band bo’lmaganlarni muayyan sharoitlarda iqtisodiy faoliyatga jalb etish orqali erishilishi mumkin bo’lgan, ko’rilayotgan davrdagi mehnat resurslarining son ko’rsatkichidir; bu hudud, mintaqa, mamlakatning mehnat salohiyatidir. Mehnat salohiyati iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, aholining mehnatga layoqatliligini belgilovchi barcha sifatlarini ifodalaydi. Bu sifatlar xodimning mehnat qilishga bo’lgan qobiliyati va qiziqishlari, sog’lig’ining holati, chidamliligi, asab tizimi, umumiy va maxsus bilimlarga egaligi, mehnat ko’nikmalari, ruhiy va jismoniy salohiyatini aks ettiradi.Tegishli kasb tayyorgarligi, mehnat qilish ko’nikmasi va shaxsiy qobiliyatlariga ega xodimlar ilmiy faoliyatni olib borishda kasb va malaka jihatidan qobiliyatlarini ifodalovchi mehnat salo-hiyatining sifat tarkibi ilmiy kadrlar salohiyatini aks ettiradi. Ma’lumki, mamlakat mehnat resurslarining miqdoriy o’zagini inson tashkil etadi va mazkur omilning sifat jihatdan takomillashuvi bevosita mehnat salohiyatining shakllani-shiga sabab bo’ladi. Demak, inson omili mehnat salohiyati shakllanishining ham miqdoriy ham sifatiy asosidir. Demak,mehnat salohiyatining miqdoriy ko’rsatkichlarin quyidagi ko’rinishda ifodalashi-miz mumkin: f(m) m(m1, m2,m3, ......mn) (2) Bu yerda: f(m)–mehnat salohiyatining miqdor ko’rsatkichi; m 1–mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi (faol va nofaol); m 2–ishlayotgan pensionerlar va o’smirlar; m3–ishlash imkoniyatiga ega bo’lga va istagini bildirgan nogironlar; Mehnat salohiyatining sifat ko’rsatkichlariga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi va uni quyi- dagicha ifodalashimiz mumkin: f(s) s(s1,s2,s3,s4,s5,s6,......sn) (3) Bu yerda: f(s)–mehnat salohiyatining sifat ko’rsatkichi; s1–jismoniy holat va sog’lik darajasi; s2–ta’lim va ma’lumot darajasi; s3–malaka va kasbiy mahorat ; s4–tadbirkorlik qobiliyati; s5–hayotiy tajriba va ko’nikma; s6–dunyoqarash va ong; s7–odob-ahloq va xulq - atvor; s8–ma’naviy yetuklik. Mehnat salohiyatining sifat ko’rsatkichlarini belgilovchi dastlabki omil bo’lib, inson resurslarining jismoniy holati va sog’lik darajasi hisoblanadi. Har bir inson to’la- to’kis hayot kechirish va o’zi tanlagan mehnat faoliyat sohasida ishlay olishi uchun muayyan sog’liq va jismoniy rivojlanish darajasiga ega bo’lishi kerak. Mazkur ko’rsatkich insonning jismoniy imkoniyatlari,quvvati va salohiyatini belgilaydi. Aynan ushbu imkoniyatlargina ishlab chiqarishni tashkil etish, samarali boshqarish vaIqtisodiyotni yuritish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Zero, yurt-boshimiz ta’biri bilan ayt-ganda, buyuk kelajakni sog’lom avlodgina qura oladi. Demak, mehnat salohiyatining miqdor va sifat ko’rsatkichlarini uyg’unlashtirib quyida- gicha ifodalash mumkin: f(p) =p(m, s) (4) Bu yerda,f(p) –mehnat salohiyati Shunday qilib, mehnat salohiyati – jamiyatning mehnat sohasidagi imkoniyat quvvatlaridemakdir.Mehnat salohiyati bu jismoniy imkoniyat, ma’lumot,kasb-kor, malakaga ega bo’lgan Ishlab chiqarishda ishtirok etishga layoqatli bo’lgan barcha fuqarolarni o’z ichiga oladi. Mehnat salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo’lib, u mamlakatning islohot va tub o’zgarishlar yo’lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlaydi. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil, o’z navbatida, uni rivojlantirish va taraqqiy ettirishda hal qiluvchi asos hisoblanadi. Mehnat resursi iqtisodiy adabiyotlarda ham aholining yoshiga qarab, ta’kidlanganidek, son jihatdan ma’lum chegara doirasida qaraladi. Mehnat salohiyati esa xodimni chegaralamaydi. Uning turli holatlarda qo’lla- niladiganta’riflari mavjud. Mehnat salohiyati deganda, xodimlarning ma’lum bir vaqtda ma’lum bir ishni bajarishi ьumkin bo’lgan jismoniy va intellektual salohi- yatlari tushuniladi.Mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining oshishi moddiy –texnika bazasining qaysi mulkka mansub bo’lishidan qat’iy nazar uning ham samaradorligi ta’minlanadi. Demak, bu yerda mulk egasning manfaatdorligi ham o’z ifodasini topadi. Ish haqining oshishi esa ishchi kuchining egasi,ishchi va xizmatchiyaarning manfaatdorligini ta’minlaydi. Bu yerda davlatning ham manfaatdorligi bor. Mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish evaziga korxonaning daromadi(foydasi) ko’payadi, ishchi va xizmatchilarning ish xaqi oshadi. Bu ikki ko’rsatkich qancha ko’p bo’lsa, davlatga to’lanadigan soliq ham shuncha ko’pbo’ladi. Bu bilan manfaatlar mushtarakligi ta’mindanadi.Bu mushtaraklik mehnat salo-hiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishning ob’ektiv iqtisodiy asosi bo’lib xizmatqiladi. Mehnat salohiyatidan samarali foydalanish mulk shaklidan qat’iy nazar barchaxo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun juda muhimdir. Chunki mehnat qancha samarali bo’lsa, iqtisodiy ko’rsatkichlar ham shuncha yuqori bo’ladi. Shu tufayli ushbu guruhko’rsatkichlarini alohida baholash va taxlil qilish lozim.Mehnat salohiyati samaradorligiham samaradorlikning umumiy tamoyiliga asoslangandir, ya’ni uni aniqlash uchunnatijani (Q) mehnat salohiyati (Ms) ga bo’lish kerak. Ms.s= Q / Ms (5) Ammo turli sohalarda natija ham bir xil ko’rsatkichlar bilan o’lchanishi mumkin.Butaxlilning vazifasi va ahamiyatidan kelib chiqadi. Biz ushbu ishda hamma sohaga umumiy bo’lgan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanishni tavsiya etamiz. Bunday ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi. Mehnat salohiyatidan foydalanishning natijaviyligi. Mehnat salohiyatidan foydalanishning rentabelligi. Mehnat salohiyatidan foyd alanish samaradorligini oshirish. Ushbu ko’rsatkichlarning har birini aniqlash yo’llarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Mehnat salohiyatidan foydalanishning natijaviyligi(Ms.n) natijaning mehnatsalohiyatiga nisbati bilan aniqlanadi.Natija qanday ko’rsatkichlar bo’lishi mumkin? Bu o’rganilayotgan sohaga, taxlilning maqsadiga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, ishlab chiqarish sohasida asosiy natijaviy ko’rsatkich –ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi,tayyor mahsulot hajmi bo’lishi mumkin. Bu taxlilning qaysi ko’rsatkichi qaysi maqsadlar uchun o’tkazilayotganligiga bog’liq. Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish korxonalari uchun ham mahsulotning sotilishi muhim. Shu jihatdan ko’p hollarda sotilgan mahsulot hajmi olinadi. Savdo sohasida natijaviy ko’rsatkich Tovar oboroti; Transport korxonalarida yuk oboroti; Qurilishda esa bajarilgan ish hajmi kabi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. Agar natijani "Q" deb belgilasak, uning mehnat salohiyati (Ms ) ya’ni mehnat salohi- yatidan foydalanishning natijaviyligi quyidagicha aniqlanadi: Ms.n= Q / Ms; (6) Ushbu ko’rsatkich bitta xodimga qancha so’m miqdorda natija( mahsulot, tovar oboroti, yuk oboroti kabilar) to’g’ri kelganligini ifodalaydi. Buni boshqacha so’z bilan mehnat unumdorligi deb ham atash mumkin. Ushbu ko’rsatkich qancha ko’p bo’lsa, mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligi yuqori ekanligidan dalolat beradi. Mehnat salohiyatidan foydalanishning rentabelligi (Ms.r) har bir mehnat resursi birligiga to’g’ri keladigan foyda(F) miqdorini ifodalaydi. Uni aniqlash uchun foyda (sof foyda) summasini mehnat salohiyati( Ms)ga nisbati olinadi. Ms.r= F/ Ms (7) Ushbu ko’rsatkichning miqdori ham qancha ko’p bo’lsa,samaradorlik ko’rsatkichi ham shuncha yuqori bo’ladi. Mehnat salohiyatidan foydalanishning daromadliligi (Ms.d) ham uning samaradorligini ifodalovchi muhim ko’rsatkichlardan biridir. Uni aniqlash uchun yalpi daromad summasini (D) mehnat salohiyati miqdori ( Ms) gabo’linadi. Ms.d= D/ Ms ; (8) Ushbu ko’rsatkichning miqdori ham qancha ko’p bo’lsa, samaradorlik shuncha yuqori degan xulosaga kelish mumkin. Chunki mehnat salohiyati birligiga yoki har bir xodimga to’g’ri keladigan daromad miqdori yuqori bo’ladi. “Mehnat resurslaridan foydalanish” va “korxonaning mehnat salohiyati” tushunchalari o’zaro bir– biri bilan bog’liqdir. Biz bu yerda foydalanish deganda,iqtisodiyotning resurslaridan biri bo’lgan mehnat resurslarini ta’riflovchi ikki yo’nalishni tushunamiz. Bu birinchidan, mehnat resurslarining taqsimlanishi va ikkinchidan, ularning mehnatidan xalq xo’jaligi va iqtisodiyotida foydalanish samaradorligidir. Mehnat resurslarini taqsimlash deganda resurslarning xalq xo’jaligida ishlaydigan va mehnat bilan band bo’lmagan qismlari tushuniladi. O’z navbatida ishlaydigan qism mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan yoshdagi o’quvchilarga va shaxsiy yordamchi xo’jalik bilan shug’ullanuvchilarga, xarbiy kuchlar safidagi xizmat qilayotganlarga, ishsizlarga, shuningdek, hech bir yerda ishlamaydigan yoki mehnat bilan band bo’lmaganlar, o’qimayotanlar va ish qidirayotganlarga bo’linadi. Mehnat bilan bandlik turlari bo’yicha mehnat resurslarini taqsimlashni faqat fuqaro –aholi (ya’ni, bunga xarbiy xizmatdagilar kirmaydi) bo’yicha kuzatish mumkin. Mehnat bilan band aholi o’z navbatchda ayrim tarmoqlar, kasb guruhlari bo’yicha taqsimlanishi,shu jumladan, aqliy va jismoniy mehnat bo’yicha , mehnat rejimi bo’yicha (to’liq yillik bandlik, to’liq bo’lmagan ish kuni, xaftasi va hokazo), nihoyat ijtimoiy – iqtiso- diy sohalar bo’yicha qarab chiqiladi. Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo’yicha mehnatgalayoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli kishilardan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir aholi soniga,uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining o’zgarishidagi umumiy va o’ziga xos tomonlarini ko’rib chiqamiz.Mehnat resurslarining aksariyat ko’pchilik qismini mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatl kishilar tashkil etadi. Mehnatqilishga layoqatli yoshdan katta kishilar ishlovchi pensionerlar va amalda" nol " vazifasini bajaruvchi shaxslar, mehnatga layoqatli yoshdan kichik kishilar,ishlovchio’smirlar mehnat resurslarining salmog’iga u darajada sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. XULOSA Yuqoridagi ma`lumotlardan kelib chiqqan holda, xulosa chiqaradigan bo`lsak,korxona oxirgi 3 yilda turli ko`rsatkichlarni qayd etgan bo`lib, bunga sabab dunyodagi vaziyat bo`lgan.Biroq olib boilayotgan keng ko`lamli ishlar tufayli yaqin orada korxona oldiga qo`yayotgan maqsadlarga erishadi deb o`ylayman.Buning uchun korxona tomonidan ichki va tashqi bozorlarni,undagi holatni,talab va taklifni,raqobatchilar va ular tomonidan taklif etilayotgan tovarlar assortimentining sifati,tashqi ko`rinishi va narxlarini o`rganib chiqqan holda, real biznes rejalarni tuzish orqali, qolaversa, kutilayotgan va kutilmagan vaziyatlarni xisobga olgan holda faoliyatini to`g`ri yo`nalishda olib borishi orqali erishishlari mumkindir. Bunda albatta, mablag` va ishchi hodimlarning hisobi to`g`ri olinganligi va hom ashyoning sifatli,uzluksiz va nisbatan arzon narxlarda bo`lishi juda muhimdir.Negaki,korxona o`tgan davr mobaynida o`rta osiya va evropa mintaqalarida o`z xaridorlariga ega bo`lib ulgurgan.Korxonada olib borilayotgan muttasil izlanishlar orqali ishlab chiqarilayotgan maxsulot turi, soni va qiymati praporsional ravishda ortib bormoqda. Korxonada yaqin yillarda modernizasiya ishlari rejalashtirilmoqdaki,xozirgi o`zgaruvchan bozor sharoitida istemolchilarning talabi va istagini qondirish asosiy maqsad qilib olingan.Buning ortidan esa, albatta sof daromadning ortishi, ichki va tashqi bozordagi o`rnini mustaxkamlash va yanada yuqoriroqqa olib chiqadi deb o`ylayman.Chunki, bugungi kunda korxona ushbu tovar maxsulotlari bo`yicha O`rta osiyada etakchi hisoblanadi. Mening taklifim quydagicha: 1.Korxonada ish sharoitini yanada yaxshilash.Buning uchun ishchilarga malakaliy tibbiy xizmat tashkil etish,namunali hodimlarga oromgoh va sixatgohlarga bepul yo`llanmalar berish,oylik ish haqlarini korxona daromadlaridan kelib chiqqan holda oshirish, ish grafigini xar bir ishchiga individual yondashgan holda tashkil etish. 2.Xar chorakda samaradorli yuqori ishchilarga tashakkurnoma va moddiy rag`batlantirishlarni tashkil etish.Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan. 3.Tovar asortimentlarining turini ko`paytirish orqali bozorda mustaxkam o`ringa rishishi va yangi bozorlarga chiqishidir. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling