Futbol musobaqalarini rejalashtirish
ta jamoa ishtirokidagi o‘yinlar taqvimi
Download 30.33 Kb.
|
FUTBOL MUSOBAQALARINI REJALASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 2 3 4 Turlar bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘yinlar
- 1- tur 2- tur 3- tur
- 7- tur 8- tur 9- tur
- 8 ta jamoa uchun o‘yinlar taqvimini «qatorasiga» tuzish
10 ta jamoa ishtirokidagi o‘yinlar taqvimi
(10 ga eng yaqin bo‘lgan kichik toq son – 9) № 1- jadval
Turlar bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘yinlar № 1 a – jadval
Grafalarni barchasi to‘ldirilib chiqilganidan keyin, o‘yinlarning taqvimi tuziladi. Buning uchun vertikal chiziqning ikki tomonida turuvchi raqamlar juft-juft qilib birlashtiriladi. Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni toq bo‘lsa, har bir vertikal chiziqnig ostida yoki ustida turuvchi raqamlar mazkur taqvim kuni (shu turda) o‘ynamaydigan jamoa ekanini ko‘rsatadi. Jamoalar soni juft bo‘lganda (masalan, jamoalar soni o‘nta bo‘lganda) ko‘rsatilgan (vertikal chiziqning ostida yoki ustida) raqamlar (jamoalar) oxirgi raqamlar (o‘ninchi) bilan o‘ynaydilar. Turlar bo‘yicha o‘yinlar jadvali bo‘sh raqamli jamoalar (vertikal chiziq ostida yoki ustidagi raqamlar) bilan so‘nggi raqamli jamoa o‘yinini hisobga olgan holda tuziladi (yuqoridagi misolda 1-raqam bilan, 10-raqam bilan va hokazo). Tur jadvalida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan jamoa odatda maydon egasi hisoblanadi. Shuning uchun qur’aning oxirgi raqami (masalan, musobaqada qatnashuvchi jamoalar o‘nta bo‘lganda 10-raqam) har bir turdan keyin o‘rin almashib turadi. Qolgan bellashuvchi jamoalar vertikal chiziqning o‘ng tomonida turuvchi raqamdan boshlab tuziladi. Shunday qilib, bu usulda jamoalarning har bir turda navbat bilan maydon almashishiga qat’iy rioya qilinadi. Ikkinchi usul («qatorasiga»). O‘yinlar taqvimini o‘yinda ishtirok etuvchi hamma jamoalarni bir qatorga juft-juft qilib yozish usuli bilan tuzishda maydonlar almashishining avvalgidek shartlari, ya’ni uchrashuv «egasi» huquqi saqlanadi. Mazkur usulda jamoalarning juft soni olinadi (masalan, agar musobaqada 7 jamoa qatnashsa, o‘yinlar taqvimi 8 jamoaga tuziladi; agar 9 ta jamoa bo‘lsa, 10 jamoaga tuziladi va hokazo). Musoboqalarda 8 ta jamoa ishtirok etganda birinchi taqvim kuni quyidagicha tartibda tuziladi: bir qatorda birinchi raqam oxirgi 8-raqam bilan, ikkinchi raqam oxirgi raqamdan oldingi 7- raqam bilan birlashtiriladi, ya’ni bir-birlari bilan o‘ynaydigan jamoa aniqlanadi va hokazo. Shunda quyidagi jamoalar bellashadigan bo‘lib chiqadi: 1-8, 2-7, 3-6, 4-5. (2- jadval.) 8 ta jamoa uchun o‘yinlar taqvimini «qatorasiga» tuzish № 2-jadval
Keyingi taqvim kunlaridagi o‘yinlar jadvalini tuzish dastlabki juftlikdagi 1 - raqamni avvalgi taqvim kunidagi o‘ng tomondagi chekka raqam bilan birlashtirishdan boshlanadi. Bunda maydonlar almashinishi uchun 1- raqam navbatma-navbat juftlikning goho o‘ng, goho chap tomoniga qo‘yiladi. Qolgan juftliklar (bir-biri bilan o‘ynaydigan jamoalar) qolgan raqamlarni juft-juft qilib bir qatorga yozish bilan tuziladi, bunda jamoalarni birlashtirish o‘ng tomondan boshlanadi. Shunday qilib, musoboqalarni ikkinchi taqvim kuni quyidagi jamoalar bir-biri bilan bellashadi: 5-1, 6-4, 7-3, 8-2. Download 30.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling