Futbol musobaqalarini rejalashtirish


Futbol musobaqalarni rejalashtirish


Download 30.33 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi30.33 Kb.
#1186505
1   2   3   4   5
Bog'liq
FUTBOL MUSOBAQALARINI REJALASHTIRISH

Futbol musobaqalarni rejalashtirish.
Jismoniy tarbiya harakatining tashkiliy tuzilishi hususiyatlarini hisobga olgan holda, jismoniy tarbiya jamoalarida o‘tkaziladigan futbol musobaqalarining muayan tizimi qaror topgan. Bu tizim turli ko‘lamdagi musobaqalarning hisobga olgan holda maktablarda qizlar – o‘g‘illar orasida muttasil, izchil bo‘lishini va almashinib turishini talab etadi.
Musobaqaning rejasi faqat tadbirlar ro‘yxati emas, balki jismoniy tarbiya jamoasining futbolni yanada rivojlantirish yuzasidan olib borayotgan ishlarning samarasini ham belgilaydi. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-talabalari orasida uyushtiriladigan musobaqalarni o‘tkazish bilan aloqador barcha masalalarni o‘z ichiga oladi. Rejani respublika, viloyat va shahar miqiyosidagi “Barkamol avlod” musobaqalarining hisobga olgan holda ko‘p yillik qilib tuzish maqsadga muvofiqdir.
Futbol musobaqalardagi o‘yin tizimlari.
Futbol musobaqalarini o‘tkazishning amaliyotda uchta asosiy tizimi qaror topgan: bular davrali tizim, bir yoki ikki marta yutqazgandan keyin o‘yindan chiqib ketiladigan tizim, avvalgi ikki tizimning kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan aralash tizimdir.
Musobaqaning davrali tizimi.
Futbol musobaqalarining ushbu davrali tizimida musobaqada ishtirok etayotgan har bir jamoa, agar musobaqa bir davrali o‘tkazilsa, bir-biri bilan bir marta, agarda musobaqa ikki davrali o‘tkazilsa, ikki marta uchrashishi kerak bo‘ladi. Bunday musobaqa tizimi musobaqalashuvchilar kuchlari nisbatini ancha oqilona adolatli belgilashga va kuchli jamoalarni aniqlashga imkon beradi, davrali tizimda musobaqaning umumiy yakunidagi tasodifiylik elementi ma’lum darajada bartaraf qilinadi. Davrali tizim bo‘yicha futbol musobaqalarni ikki davrali qilib o‘tkazish eng to‘g‘ri hisoblanadi.
Davrali tizim musobaqalarida ishtirokchilarining barcha o‘rinlari ular to‘plangan ochkolar soniga qarab aniqlanadi. Bo‘lib o‘tgan barcha o‘yinlar natijasiga ko‘ra eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa (yoki jismoniy tarbiya jamoasi) g‘olib hisoblanadi. Bir yoki bir necha jamoalarda ochkolar teng bo‘lib qolganda, g‘olibni aniqlash uchun musobaqa “Nizomi”da qandaydir qo‘shimcha ko‘rsatkichlar yoki tadbirlar (masalan, mazkur jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha o‘yin yoki shu jamoalar o‘rtasidagi avval o‘ynalgan o‘yin natijalari, yoki kiritilgan to‘plar nisbati, qur’a tashlash) nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
SHundan keyin ikkinchi va qolgan taqvim kunlarida bellashuvchi futbol jamoalarni aniqlash uchun har bir vertikal chiziqning chap tomoniga avvalgi taqvim kunidagi barcha raqamlar o‘zgarishsiz o‘tkazilishi kerak.

Download 30.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling