Futbol o’yin texnikasi mavzusida tayyorlagan
Download 1.64 Mb.
|
futbol oyin texnikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Futbol o’yin texnikasi mavzusida tayyorlagan
- Lavozimi
- Mavzu: Futbol o’yin texnikasi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumani XTMFMTTEBga qarashli 63 – sonli umum ta’lim maktabining Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Qo‘shnazarova Feruzaning 4 – sinf Jismoniy tarbiya fanidan Futbol o’yin texnikasi mavzusida tayyorlagan Bir soatlik Men haqimda ma’lumot Qo‘shnazarova Feruza Madyarovna Qoraqalpog’iston Respublikasi Amudaryo tumani XTMFMTTEBga qarashli 63 – sonli umumta’lim maktabi Lavozimi : Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Fan : Jismoniy tarbiya Sinf : 4 Dars ishlanmasining mavzusi : Futbol o’yin texnikasi O‘quvchilar soni : 19 Elektron pochta manzili: amu-80@umail.uz Annotatsiya Ushbu dars ishlanma Jismoniy tarbiya darsida bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi va axborot kommunikatsion texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali o’quvchilarga slaydlar orqali BKMlarni oshirish Futbol maydoni, darvozasining o’lchamlari va to’p og’irligi, diametrini bilish. To’p bilan harakatlanish, to’pga to’g’ri zarba berish ko’nikmasini rivojlantirishga bag’ishlangan . Dars maqsadlariga erishish , sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan suhbat metodi , Aqliy hujum, Slayd , mustahkamlovchi savollar, ko’rgazmalar, “Ko’rsatmali”, “Amaliy mashg’ulot”, Futbol to’plari, hushtak, sekundamer, o’qituvchilar uchun uslubiy qo’llanmalar; test savollari, texnika vositalari , kichik guruhlarida ishlash metodlaridan foydalanish ko’rsatilgan . Bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish o’quvchilarda kommunikativ kompetinsiya axborot bilan ishlash kompetinsiyasi , umummadaniy kompetinsiya , shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetinsiyasi elemetlarini rivojlantirishga ko’mak beradi . 63 – maktab Sana : 11.05.2016 Sinf : 4
Mavzu: Futbol o’yin texnikasi O’qituvchi sinf o’quvchilarini bir qatorga saflantirishi va salomlashib, davomatni aniqlaydi. Dars mavzusi va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirib o’tadi. “O’zbеkiston Rеspublikasida futbolning rivojlanishi” mavzusi yuzasidan nazariy bilimlar berib o’tadi. Jumladan, birinchi o’zbek futbol jamoasining (Qo’qon 1912 yil) tashkil etilishi va hokozo. Nazariy bilimlarni berib bo’lgach, darsning amaliy jarayoniga o’tadi. Saf mashqlari, yurish va yengil yugurish mashqlari, URM bajariladi. Mashg’ulotni bajarishdan avval sinf o’quvchilarini 2-3 guruhga bo’linadi. Mashg’ulot futbol maydonida bajariladi. Bunda ikki kiglilar yordamida 2-3 qatordan iborat maydon belgilab olinadi (kiglilar oralig’i 20-25 metr bo’lishi maqsadga muvofiqdir). Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling